Главная » 2014»Май»19 » Oliy o'quv yurtlariga kirish imtihonlari tizimi o'zgartirildi
09:20
Oliy o'quv yurtlariga kirish imtihonlari tizimi o'zgartirildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 30 apreldagi “Respublika oliy o'quv yurtlariga qabul tartibini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi Qarori bilan 2014-2015 o'quv yili uchun matematika fani bo'yicha bakalavriat qabul testiga informatika va informatsion texnologiyalarga oid savol hamda vazifalar kiritildi.
Shuningdek, kirish testlari bo'yicha 3,1 bal bilan baholanadigan asosiy fanlarning rolini oshirish maqsadida predmetlar bloki ro'yxati ham yangilandi.
Ekspertlar guruhi kirish imtixonlari uchun test sinovlarining barcha savollarini o'rganib chiqdi. Natijada test savollarining yagona bazasi shakllantirildi.