Inson boshini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha dunyodagi birinchi operatsiyani amalga oshiradigan italiyalik neyrojarroh Serjio Kanavero va uning hamkasblari ushbu operatsiyaning asosiy bosqichini muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirganini ma’lum qildi — ular kalamushlar ustida o‘tkazilgan tajribalar natijasida orqa miya va miya naychasini biriktirish uddasidan chiqdi, deb yozadi“RIA Novosti”.
Buning uchun olimlar ugleroddan yasalgan o‘ta ingichka nanopichoq, asab tolalarining bir-biri bilan birikishiga yordam beruvchi polietilenglikol organik moddasi va ko‘ndalangiga kesilgan orqa miya stimulyatsiyasidan foydalandi.
Olimlar so‘zlariga ko‘ra, umurtqa suyagiga zarar yetib, u biriktirilganidan keyin taxminan bir oy o‘tib, umurtqadagi asab tolalari bitib ketdi va hayvonlar yana oyoq-qo‘llarini qimirlata oladigan bo‘ldi. Ushbu operatsiyalarning barchasi Xitoy hududida olib borildi.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yil 8-aprel kuni boshni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiya uchun ilk nomzod Rossiyaning Vladimir shahrida yashovchi 30 yoshli dasturchi Valeriy Spiridonov bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. Spiridonov 2017-yilning dekabr oyida jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi. Italiyalik neyrojarroh Serjio Kanavero tomonidan amalga oshiriluvchi operatsiya 36 soat davom etishikutilmoqda. Kanavero bilan birga operatsiyani xitoylik jarroh Ren Syaopin olib boradi.
|