Odamlar bir marta yo'qotadi - Ahmad Ali Dilmurod
Sen ketmoqdasan, u ketmoqda, jin ursin, hamma ketmoqda...
Faryodimizni chetga surib qo'yamiz, u keraksiz sado, keraksiz so'z deymiz, qalbimiz esa yig'laydi, iltimos, ketmasin, ketma...
Ana, ketmoqda, ana...
Bilib qo'ying, bugun uni so'nggi bor ko'rmoqdasiz, uni boshqa ko'rmaysiz, sizni o'sha mensimagan go'zalingiz bugun boshqa bir joyga ketmoqda, ketaver deyishingiz mumkin, lekin siz o'sha insonni, ertaga, kunduz kuni chiroq yoqib topa olarmikinsiz?, yo'q, uni boshqa topolmaysiz...
Odamlar bir marta yo'qotadi, faqat bir marta...
Boring, maqolamni o'qimang, uni qaytaring, boring, boring, yuguring, qaytaring uni, gaplashib oling, yuzma-yuz gaplashib oling, yarashing, uzur so'rang, ahir u sizga kerak, u sizni baxtingiz, uni qo'yib yubormang, uni yo'qotmang, u bilan yuzma-yuz gaplashib oling...
Dasturxon yasating, bayramona dasturxon, uni qaytaring, chiroyli dasturxon atrofida, u bilan yarashing, uni boshqa hafa qilmang, u sizni baxtingiz...
Odamlar bir marta yo'qotadi... faqatgina bir marta...
So'nggi pushaymon, ahamiyatsiz... ahamiyat, ahamiyatsiz...
Muallif: Ahmad Ali Dilmurod
|