Главная » 2014»Май»18 » O‘zbekistonlik abonentlar spam SMS-xabar kelayotgani haqida ogohlantirdi
00:34
O‘zbekistonlik abonentlar spam SMS-xabar kelayotgani haqida ogohlantirdi
O‘zbekistonlik abonentlar telefoniga spam SMS-xabar kelayotgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda foydalanuvchilardan biri Facebook’dagi “Potrebitel.Uz” guruhida ma’lum qildi. SMS-xabarda “Salom, senga rasmlar bor”, degan jumla bilan link keltirilgan. Bu linkka kirgan zahoti ushbu xabar telefon kontaktida bor raqamlarga avtomatik tarzda tarqaladi va abonent hisobidan pul yechib oladi.
Bu haqda Beeline rasmiy saytida rus tilida e’lon qilingan. Bunday ogohlantirish saytning o‘zbek tilidagi ko‘rinishida mavjud emas.
Shunday SMS-xabar olgan abonentlarga uni ochmasdan o‘chirib tashlashni tavsiya qilamiz.
Hurmatli abonent! Notanish saytda "Siz uchun Rasm" borligi haqida web saytga ilovali SMS habarini olsangiz, SMSni o'chirib tashlang. Web ilovaga o'tib siz telef