20-oktabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog‘idagi "O‘tgan kunlar” choyxonasida O‘zbekistonda birinchi qassoblar chempionati o‘tkaziladi. O‘zbek oshpazlari Xalqaro Oshpazlar kunini taniqli qassoblar musobaqasi va katta pazandalik bayrami bilan nishonlash niyatida. Bu haqda "Podrobno” nashri xabar bermoqda.
Tadbir dasturi o‘z ichiga qassoblar uchun an’anaviy marosimlarni, go‘shtdan turli taomlar tayyorlash, go‘shtni saqlash, bo‘laklash, o‘rash standartlari bo‘yicha mahorat darslarini oladi. Bundan tashqari, go‘shtni qayta ishlash texnologiyalari bo‘yicha seminar ham o‘tkazilib, u konsert dasturi va bozor yarmarkasiga ulanib ketadi.
Katta supermarketlar, do‘konlar, ulgurji savdo bazalari, go‘sht markazlari, shuningdek Toshkentning yirik bozorlari qassoblari va chet ellik vakillar ushbu qassoblar chempionati ishtirokchilari bo‘lishi kutilmoqda. Musobaqa g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.