1996-yil 19-iyulda Andijon viloyatining Asaka shahrida Markaziy Osiyodagi birinchi avtomobil zavodi ochilgan edi. Shu yil iyul oyining birinchi o‘n kunligida zavoddan ikki millioninchi avtomobil chiqib ketdi. Bu haqda Podrobno.uz xabar berdi.
2005-yil zavoddan 500-yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, millioninchi avtomobil konveyerdan 2008-yilda chiqqan edi. Ikki millioninchi zabardast avtomashina "Lacetti” esa, iyul oyining birinchi o‘n kunligida ishlab chiqarildi. Boshqa so‘z bilan aytganda, birinchi millionta avtomobil ishlab chiqarish uchun 12 yil talab qilingan bo‘lsa, ikkinchi milliontasi bor-yo‘g‘i 5 yil ichida chiqarildi.
Zavodda yildan-yilga model turlari yangilanmoqda, yetkazib berish manzillari kengaymoqda, eksport hajmi esa oshib bormoqda. Bundan tashqari, korxonada turli dasturlar ham amalga oshirilmoqda. Masalan, 2013-yil investitsiya dasturiga "Lacetti MCE” zamonaviylashtirilgan modelini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, "Yevro-5” turidagi "Matiz” va "Neksiya” modellarini o‘zlashtirish kabilar kiritilgan.
|