"Chelsi” nomini eshitishi bilan hammaning ko‘z oldiga futbol jamoasi kelishi aniq. Biroq endi "Chelsi” nomi bilan hojatxona qog‘ozlari ishlab chiqarilmoqda, deb xabar berdi PressNews nashri.
Hojatxona qog‘ozi o‘ramiga "Chelsi” jamoasi nomi va uning logotipi tushirilgan. Xabarda ta’kidlanishicha, bu rasmni Facebook ijtimoiy tarmog‘iga "Manchester Yunayted” jamoasi muxlislaridan biri joylashtirgan.
"O‘rta Osiyoning ko‘pgina bozorlarida premyer-ligalarning sharf, kiyimlar komplekti kabi mahsulotlari sotiladi. Ammo futbol jamoasini reklama qiluvchi hojatxona qog‘ozi – haqiqiy yangilik bo‘lsa kerak”, – deb yozdi BBC.
BBCga javoban Facebook’ning boshqa foydalanuvchisi saytga Barcelona nomli hojatxona qog‘ozi suratini qo‘ydi.
Facebook a’zolarining fikrlariga qaraganda, bu kabi reklama futbol jamoalariga yoqmasligi mumkin.