Yangi yilning birinchi kunida noxush xabar tarqaldi: O‘zbekiston xalq artisti Olmaxon Hayitova hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda "Shov-shuv” nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, san’atkor qandli diabet xastaligidan vafot etgan.
Olmaxon Hayitova 1940-yilda Xorazm viloyatining Xonqa tumanida tug‘ilgan. 1974-yilda Toshkent teatr va rassomchilik institutini tugatgan. 1958—59-yillarda Yangiyo‘l teatrida, 1959-yildan "Xorazm” (Hozirgi "Lazgi”) ansamblida ishlagan.
1993-yilda "O‘zbekiston xalq artisti” unvoniga sazovor bo‘lgan. 1995—2003-yillarda "Oʻzbeknavo” birlashmasining Xorazm viloyati boʻlimida rahbar bolib, 2003-yildan Toshkent madaniyat institutida ishlagan.