O‘zbekiston futbol federatsiyasi rahbariyatiga yaqin manbalardan olingan norasmiy xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston U-22 terma jamoasi bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov o‘z lavozimidan ozod etilishi mumkin. Bu haqda UFF.uz xabar berdi.
O‘FF rahbariyati tomonidan futbolchilarimizning Ummondagi ishtiroklari qoniqarsiz, deb hisoblangan va bu borada tegishli choralar ko‘rilishi rejalashtirilmoqda. Xabarda yakuniy qarorni Mirabror Usmonov qabul qilishi ta’kidlangan.
Katta ehtimol bilan Maqsudov o‘rinini Aleksey Yevstafeyev, Igor Shkvirin, Yuriy Sarkisyan yoki Dilshod Nuraliyev egallashi mumkin. Aynan ushbu murabbiylardan biri termamizni Olimpiada bahslariga tayyorlashi ham ko‘zda tutilgan.
Yaqin vaqt ichida bu borada rasman ma’lumot berilishi kutilmoqda.