Tailandda bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha Osiyo chempionati (U-16) final bosqichiga 6-aprel kuni qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi “C” guruhidan joy oldi. Guruhda o‘zbekistonliklarga Quvayt, KXDR va Nepal terma jamoalari qarshilik ko‘rsatadi.
Quyida qur’a natijalari keltirilgan:
Osiyo chempionati (U-16):
“A” guruhi:
Tailand
Janubiy Koreya
Ummon
Malayziya
“B” guruhi:
Yaponiya
Avstraliya
Xitoy
Gonkong
“S” guruhi:
O‘zbekiston
Kuvayt
KXDR
Nepal
“D” guruhi:
Eron
Suriya
Saudiya Arabistoni
Qatar
Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionati (U-16) bahslari 6—20-sentabr kunlari Tailandda bo‘lib o‘tadi.