Главная » 2013»Август»21 » O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti uchun yangi bino quriladi
00:07
O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti uchun yangi bino quriladi
O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar tog‘risida hukumat qarori tasdiqlandi. Bu haqda norma.uz xabar qiladi. Rasmiy hujjat doirasida universitetning 2200 o‘ringa mo‘ljallangan yangi binosini qurish ishlari olib boriladi. Mazkur qurilish poytaxtimizning Uchtepa tumanida bo‘lib o‘tadi. Bino atrofida futbol maydoni hamda katta tennis, volleybol, basketbol o‘ynash uchun maxsus maydonchalar, basseynga ega katta sport majmuasi, shuningdek, 400 o‘rinli oshxona barpo etish ko‘zda tutilgan. O‘zDJTUda faoliyat ko‘rsatishga jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun mehmonxona quriladi. Oliygoh talabalari yashashi uchun ta’sis etilgan binolar ham o‘quv xonalari qatorida qayta tiklanadi va to‘liq ta’mirlanadi. Universitetni zamonaviy o‘quv vositalari hamda kompyuter texnikalari bilan ta’minlashga budjet mablag‘i ajratiladi. Bundan tashqari, qarorda qayd etilishicha, O‘zDJTUning Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan binolari tezkor boshqaruv asosida Toshkent hokimiyati tasarrufiga bepul o‘tkaziladi.