Главная » 2013»Август»12 » “O‘tgan kunlar”ning yangicha talqini tez orada ekranlarga chiqadi
23:49
“O‘tgan kunlar”ning yangicha talqini tez orada ekranlarga chiqadi
Ekranlarda anchadan buyon ko‘rinmay qolgan Gulchehra Eshonqulova tez kunlarda yangi kartinada paydo bo‘ladi. Filmda Ulug‘bek Qodirov, Sevara Soliyeva, Saida Rametova, Matyoqub Matchonov, Muhammadiso Abdulxairov kabi professional aktyorlar guruhini ham ko‘rish mumkin. Rejissor Said Muxtorov bu safar ham drama janrida ijod qildi. Unda go‘zal sevgi qissasining rashk sababli barbod bo‘lishi hikoya qilinadi.
"Rashk” deb nomlanuvchi mazkur kartina voqealari sevimli "O‘tgan kunlar” asarini yodga soladi. Filmda Sevara Soliyeva va Gulchehra Eshonqulova talqin etgan obrazlarning qay biri Kumush yoki Zaynab ekanligini premyeradan so‘ng bilib olish mumkin. Kartinada qaysi qahramon ustun kelishi ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy.
Film saundtrekini mahoratli xonanda Gulsanam Mamazoitova ijro etdi. "Rashk” kinokartinasining premyerasi avgust oyi o‘rtalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.