Mahzunlik dardidan ko’ksimga bosib, Men emas,qalbingni muzin eritgan. Ishonch iplariga o’zimni osib.. Men o’zim emasman,kelishing kutgan..!
Men emas hislarga ilingan yupanch, Charchadim umrimdan topolmay mazmun. Qara..hayot yotar mudragan va lanj. Sevgimiz ming yoshli chol kabi vazmin.!
Sen va men sevgi deb neni atadik..? Bugun yelkamdagi qanday yuk o’zi? Qaylardan keldi bu sababsiz hadik. Qayerlarga yetdik "yurak”dan o’zib..?!
Xatto menikimas egilgan bu bosh, O”zimmas qoshingda bu g’arib turgan. Aqliga bo’ysinmay qo’ygan u bebosh,! Xanuz minnatlaring ko’tarib yurgan..!
Bir umr ko’zingdan shavqat izlagan, Darz ketgan g’ururli bu siniq chehra..! O’z do’stlarin haydab,yovni "siz”lagan, Tiz cho’kib turmoqdan ololgan bahra,,!
Boshqalardan seni qizg’ongan dalli, Poyingda yonishin kutib yotgan has..! Yo’q..ko’ra olmaysan meni go’zalik.. U..sening qoshingda turgan o’zimmas…!
Boshqalardan seni qizg’ongan dalli, Poyingda yonishin kutib yotgan has..! Yo’q..ko’ra olmaysan meni go’zalik.. U..sening qoshingda turgan o’zimmas…! wu misra menga yoqdi