Uzga gulni yulibsizda yo`llaringizdan Xaqiqatni o`qib oldim ko`zlaringizdan Meni emas o`zgasini sevibsiz bilsam Yurakkinam azoblarda qolib ketti Ozrularni armonlarim ilib ketti Yolg`onlariz bag`riginam tilib ketti Meni tashlab o`zgasini sevibsiz bilsam Qo`shni qizmi nilufarmi bilolmadim Ne gunohim bor ekanin anglolmadim Sizni xatto so`nggi bora ko`rolmadim Meni emas o`zgasini sevibsiz bilsam Urishsak xam qo`ng`irog`iz kutar edim Xiyonatizni bilmagandek tutar edim Sizni deya qancha alam yutar edim Meni tashlab o`zgasini sevibsiz bilsam O`zga bag`ri sizni balki ovutgandir Balki u xam mendek sizni kutgandir Usha nigoh sizni mendan sovutgandir Meni emas o`zgasini sevibsiz bilsam Bilmam nega aybni mendan axtarardingiz Xar ne bulsa begona yorga to`xtalardingiz Xatto xayr demay jim ketardingiz Meni tashlab o`zgasini sevibsiz bilsam Tinmay yig`lab eslarman so`zlaringizni Qorlar xam bosib ketti izlaringizni Unutolmasam ne qilay yuzlaringizni Meni emas o`zgasini sevibsiz bilsam Anglamapman xabarlarim qolsa so`roqsiz Endi mendan yolg`izginam ancha yiroqsiz Qo`lim cho`ssam yetib bulmas firoqsiz Meni tashlab o`zgasini sevibsiz bilsam O`ylamasdim sizni shundayin hech Vadasida turolmas ekan deb hech Bir kun kelib afsuslanasiz buladi kech Meni emas o`zgasini sevibsiz bilsam Mayli jonim sizni aslo qarg`amayman O`z yaramni yana o`zim tirnamayman Endi sira sizni deya yig`lamayman Meni tashlab o`zgasini sevibsiz bilsam Oylar o`tdi yillar o`tdi sog`inmadiz Mendan ketib naxot sira og`rinmadiz Qadrsizim naxot qadrimni bilmadiz Meni emas o`zgasini sevibsiz-da Va nihoyat o`zga gulga qunibsizda