Главная » 2012»Октябрь»22 » O'zbekistonlik ziyoratchilar Madina va Makka shaharlarida (fotosuratlar)
22:49
O'zbekistonlik ziyoratchilar Madina va Makka shaharlarida (fotosuratlar)
O'zbekistonlik ziyoratchilar Madina va Makka shaharlarida (fotosuratlar)
O'zbekistonlik ziyoratchilar haj amallarini bajarish uchun O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov etakchiligida Madinai munavvara va Makkai mukarramada ko'tarinki kayfiyat bilan ibodat va ziyoratlarni amalga oshirmoqdalar.
Hozirga qadar muqaddas zamin Ka'bai muazzama ziyoratiga uch yarim mingdan ziyod hamyurtimiz etib keldi.
Ziyoratchilar uchun barcha sharoitlar to'la-to'kis yaratilgan. Mehmonxonada ikki ming kishiga mo'ljallangan oshxona, barcha zamonaviy tibbiy jihozlar va dori-darmonlarga ega tibbiy bo'lim faoliyati yo'lga qo'yilgan.
Ziyoratchilarimiz besh vaqt namozlarini "Ka'bai muazzama”da ado etishlari uchun shinam avtobuslarning muntazam qatnovi tashkil qilingan.
Mohir oshpazlar tomonidan tayyorlanayotgan shirin va mazali milliy taomlar ziyoratchilar tahsiniga sazovor bo'lmoqda.
Ziyoratchilarga tajribali ishchi guruh a'zolari, guruh rahbarlari va malakali shifokorlar xizmat ko'rsatmoqda.
Makkaga etib kelgan hojilarimiz guruh rahbarlari boshchiligida "Masjidi Haramda” uyushqoqlik bilan "umra” amalini muvaffaqiyatli ado etdilar.
Din ishlari bo'yicha qo'mita axborot xizmati bergan ma'lumotga ko'ra, bu yilgi haj ziyoratiga olib borish oktyabrning 7-18 kunlari, olib kelish esa 31 oktyabrdan 11 noyabrga qadar "O'zbekiston havo yo'llari” milliy aviakompaniyasining "BOING” rusumli havo kemalarida amalga oshiriladi.