Buxoroning qizlari oqila-yu iboli, Dunyo gözallaridan gözalroqdir jamoli. Taqvodordir,kanda qilmas besh mahal namozini, Farosatli,baland qilmas hech kimga ovozini. Samarqandning qizlari,shirmoy,kulcha yuzlari, Dilga yoqar har aytgan shirin-shakar sözlari. Namangan ham qolishmas,tillaridan tomar bol, Sochlari uzun erur,göyoki bir majnuntol. Toshkentimning qizlari moda bilan hamnafas, Hattoki chet elliklar qiladi bunga havas. Andijonlik qizlarjon dono erur aqlli, Hamsuhbat bölsangiz gar sözlaridir naqlli. Xorazmning qizlari shaddotdir ham xushchaqchaq, Tushar raqsga shodon,qöshiqlaridir "shaq-shaq". Navoiyning qizlari odobdan hech qolishmas, Har qanday sharoitda oh-voh deya nolishmas. O'zbegimning qizlari dunyoda erur tanho, Ba'zisi kiysa kalta bermaymiz endi baho. Ne qilsa ham özbeklik ibosin saqlash darkor, Uvaysiy-yu Nodira,Zulfiya ruhlari yor. Ba'zi sözlarimdan siz qilmangiz aslo gina, "Mamnuniyat ila xayr" deb yakunlar Madina!!!
|