40 yoshida burgutning tirnoqlari shu darajada uzun va egiluvchan bo'lib ketadiki, natijada, u o’ljasini ushlab ololmaydigan bo’lib qoladi. Uning tumshug’i shunchalik uzayib, qayrilib qoladiki, natijada u o’ljasini yeyolmaydigan ahvolga keladi. Ko’kragi va qanotlaridagi patlari shunchalik qalin va og’ir bo’lib ketadiki, natijada, u uchishga qiynalib qoladi. Shunda burgutning oldida ikki ta yo’l bo'ladi: Yoki o’lim, yoki 150 kunga cho’ziladigan uzun va og’riqli "o’zgarish davri". Shunda u tog’ning tepasida joylashgan iniga uchib borib, tumshug’ini qoyaga to tumshug’i sinib tushib ketguncha uradi… Keyin u tirnog’larini sug’urib tashlash uchun yangi tumshuq o’sib chiqishini kutadi… Yangi tirnoqlar o’sib chiqqach, burgut ular bilan ko’kragidagi va qanotlaridagi patlarni yulib tashlaydi… Shundagina, 5 oylik og’riqlar va azoblardan keyin yangi tumshuq, yangi tirnoqlar, yangi patlar bilan burgut “qayta tug’iladi” va yana 30 yil umr ko’rishi mumkin bo’ladi…
Ko’plab vaziyatlarda, yashash uchun biz o’zgarishimiz lozim. Ba’zida bu jarayon og’riq, qo’rquv va shubhalar ila kechadi… Biz xotiralarimizdan, odatlarimizdan va eski an’analarimizdan voz kechamiz… Faqatgina o’tmish yukidan halos bo’lish bizga yashashga, hayotdan rohatlanishga imkon beradi va bizni kelajakka tayyorlaydi.
Rus tilidan Gangster tarjimasi.
|