Yo'l chetida bir qiz turar yerga qarab.. Ko'nglimda bir behuzurlik titramoqda.. Yerga qarab,kuchli alam bilan yo rab..! Nomusidan ayrilgan qiz yig'lamoqda..
Ehitiroslar..og'usidan topib zavol.. Ishqlarni ham yuragiga olib malol.. Yoshlari ham ko'zlaridan sizib behol.. Nomusidan ayrilgan qiz yig'lamoqda..
Unga nasib bo'lgan edi totli tuyg'u.. Yashar edi bir zamonlar ko'zda kulgu.. Bu kun esa iffatidan ajrab mangu.. Nomusidan ayrilgan qiz yig'lamoqda..
Duganalar havasdaydi o'shal damlar.. Taqdirida yo'qday edi..yarim,kamlar.. Diyonatni unutub zor ey odamlar.. Nomusidan ayrilgan qiz yig'lamoqda..
Aytmang unga nasihatlar berib bot-bot, Unga emas balki vijdon sizlarga yot.. Ko'zlaridan qonlar oqib bugun hayhot.. Nomusidan ayrilgan qiz yig'lamoqda..
Singlim ko'zing artib sekin tashla odim.. Balki seni qalbing afsus tig'lamoqda.. Tezroq ketgin,buxtonlardan qochib dedim.. Ammo hamon benomus qiz yig'lamoqda..
Muallif: El_SHaFeY
|