O'zi yemay bizga bergan nonini Baxsh etganda har lahza har onini Ne ish qildik onajonimiz uchun? Quchog'ida alla aytib o'stirgan Ham onamiz ham mehribon do'st bo'lgan Ollohimdan bizga sog'lik, baxt so'rgan Ne ish qildik jonajonimiz uchun? Bizni deya ne-ne azoblar yutgan Farzandim deb o'zini-da unutgan Bizdan boylik emas, shirin so'z kutgan Ne ish qildik mehribonimiz uchun? Xato qilsak aybimizni kechirgan Dardimizni mehri bilan o'chirgan Ismimizni qalb tubiga ko'chirgan Ne ish qildik mushtiparimiz uchun? giza...