Sen o’lik isyonni ko’rasan menda, Toptalgan g’ururni,yoki anduhni. Ko’rasan afsuski rizolik senda.. Topolmay fig’onga ko’milgan ro’hni..!
Sen menda ko’rasan ojiza o’tmish, Tomiring qaqshatgan kuchli o’tinchni..! Bitmish..munisginam davrlar bitmish.. His qilishga majbur,yillar sog’inchni..!
Sen menda ko’rasan so’nmas g’alayon, Rutubat soyasi to’solgan qismat.. Garchi umidlar ham,ko’rinsa ahyon, Asli..ular hamchi bir tiyinga qimmat..!
Sen baland chinorni ko’rasan menda, Daraxt shohlarida bir-ikki yaproq. Sarg’ayib,dildirab turadi yelda.. Qushlar sayramaydi jimjit hamma yoq..!
Sen menda ko’rasan sukunatlarni. Jimlik undan olgan andozalarni..! Yana ko’rasanmi uqubatlarni..? Notinch..o’qilmagan janozalarni..!
Sen menda ko’rasan oqshom pallasin, So’niq shafaq qolur ufqda faqat, Qorong’ulik qoplab osmon gumbazin, Zim ziyo tun bosar,o’limdek zulmat…
Sen menda ko’rasan gulhanni,o’tni- Ki,yonib bitmish-da,kul bo’lmish hamon. Garchi hayot edi,kecha yolqini, Endi qabr bo’lur menga begumon.
Sen shularni ko’rib..cheksangda firoq.. Nechun sevmoqdasan kechadan ko’proq..??!
EL_SHaFeY
|