15-oktabr kuni 06:30 da Navoiy viloyati hududida 3 balli zilzila sodir bo‘ldi.
12news.uz “Toshkent” seysmomarkaziga tayanib xabar berishicha, yer osti silkinishlari epitsentri Toshkentdan 470 kilometr masofada, Uchquduq va Zarafshon shaharlari oralig‘ida joylashgan. Yevropa—O‘rta Yer dengizi seysmologik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 4,7 magnitudali zilzila epitsentri Toshkentdan 474 kilometr, Urganchdan 256 km, Gazojak shahri (Turkmaniston)dan 210 km uzoqlikda bo‘lgan.