Oyati karima: «Innas solata kanat ‘alal mu’minina kitaban mavqutan». Ma’nosi: «Mo’minlar namozni o’z vaqtida o’qishlari farz qilindi».
Hadisi shariflar: Ma’nosi: «Mo’minlar besh vaqt namozni kanda qilmaganlari sababli ham Alloh ularning gunohlarini kechiradi». Ma’nosi: «Agar mo’min banda katta gunoh qilmay, besh vaqt namozni kanda qilmasa, Alloh uning u jumadan bu jumagacha qilgan kichik gunohlarini kechiradi».
- Namoz nimadir? - Bandaning Allohga jismu joni bilan ibodatidir. - Namoz bir kunda necha marta o’qiladi? - Besh mahal: bomdod, peshin, asr, shom, xufton, juma kuni peshinda juma namozi o’qiladi. - Vojib namozi qaysilar? - Ramazon hamda Qurbon hayitlari va xuftondan keyingi vitr namozlari. - Sunnat namozi qaysilar? - Ramazon oyidagi xufton namozining sunnatidan so’ng tarovih o’qimoq sunnatdir. - Yana qanday namoz odatlari bor? - Yana nafl ibodatlarini qilmoq mustahabdir. Shuningdek, mayyit uchun janoza o’qish farzi kifoyadir. - Farzi kifoya nima? - Bir kishi o’qisa, eshitib turganlarga ham kifoya qiluvchi tilovatdir.
|