Главная » 2012»Июнь»21 » Na meni sevadi va na unitishimga qo'yadi.... maslahat bering
12:46
Na meni sevadi va na unitishimga qo'yadi.... maslahat bering
Bundan bir yarim yil muqaddam, meni bir yigit o'z holimga qo'ymay, izimdan yuradigan bo'lib qoldi. O'sha paytda ortimdan yigitlar yurar, men esa ota-onamning yuziga oyoq qo'yishni istamas edim. litseyda 1-kurs edim o'shanda, bir kuni bir yigit kelib qo'limga xat tutdida ketib qoldi. xatni ochgim kelmadi, dugonam qiziquvchanlik qilib qo'limdan torib oldida, xatni o'qib kulib yubordi. hullas u yerda yigitning telefon raqamlari yozilgan, dil izhorlarni bor edi, xatni olib yirtib tashladim. yigit baribir telefonimni topib telefon qildi, boshida olgim kelmadi, ammo u "iltimos man bilan dardlashing, onamlarning mazalari yo'q" deb sms yuborganidan so'ng beihtiyor go'shakni kotardim, unga dardkash bo'lgim keldi. shundan keyin biz do'st bo'lib qoldik. taqdir taqazosi bilan uning guruhiga tushib qoldim, endi biz parallel kursdosh emas, balki kursdosh edik. kundan-kunga yaqinlashib borar edik. unga o'zimdan ham ko'proq ishondim, bittayu bitta orzuim bo'lajak turmush o'rtog'imga hiyonat qilmay, boshqasini sevmay, uni oq otlarda olib ketishini kutib yashash edi. afsus men uni o'sha deb o'ylabman. oradan oylar o'tdi, yangi yil kirib kelishiga bir necha soatlar qolgan edi, biz esa aynan 31-dekabr kuni munosabatlarimizni uzdik. sababiga hali ham tushunmayman, yoki mening qizqqonligim, yoki...... fevral oylarida u juda ham o'zgarib qoldi, u bilan ortiq muloqot qilmay qo'ygan bo'lsamda, telefoniga juda ko'p qaraydigan, ko'p gaplashadigan bo'lib qolgani ko'rinib turardi. u boshqa qiz bilan gaplashayotganini sezib qolgach, unga telefon qildim, baxslashdik, u esa "adamlar sani bilib qoldilar, aslida sanga etmoqchi emasdim, sani deb mani kaltakladilar, man sanga uylana olmayman" dedi. men esa bu gaplarga chiday olmadim. bu ishni sharmandalik deb bildim va qasd qilmoqchi bo'ldim, meni to'xtatdi. shu tariqa u bilan na do'stdek va na kursdoshdek bo'ldik. bir kuni menga telefon qildi, juda ham achchiq gaplar aytdi. kursdosh bollar bu qo'ng'iroqni qayerdandir eshitib uni do'pposlashdi, u yana menga qo'ng'iroq qilib urushdi. shu tariqa uni qo'ng'iroqlariga javob bermaydigan bo'ldim. yozgi ta'tilga ham chiqdik, u yana telefon qilar edi. nega?! ba'zan g'ururim olishga yo'l qo'ymas, ba'zida tuyg'ularim ustun kelar edi. 2- kurs ham boshlandi, yana uni ko'rdim. yozda uni unitaman deb o'zimga qanchlar va'da berdim, qancha harakat qildim, ammo uni bir nigohi meni vayron qildi. orada yana ko'p gap-so'zlar o'tdi. men ortiq chiday olmadim.qish oyida boshqa o'qishga ketishning choralarini izladim. onamga aytdim, onam esa meni tushunishga harakat qildi. kursdoshlarim buni eshitib qolib mendan juda qattiq hafa bo'ldilar. ularni tashlab ketish menga ham oson bo'lmadi. biroq, ketsam balkim tinch yasharman, uni unitarman, u ham meni boshqa bevzota qilmas dedim. yo'q! u ketishimni eshitib avvaliga urushib berdi hechqayerga ketmaysan dedi. ammo kursdoshlarim ketishimda uni ayblashgani uchun u yana menga achchq so'zlar aytdi. ketdim ham. lekin u meni yana izlashga tushdi, dugonalarimdan nomerimi so'radi. uy telefonimga ham qildi....... yana topdi. endi biz do'st bo'ldik. to'g'ri ilgargidek bahslar ham bo'lib turdi. endi u menga sirlarini ayta boshladi. ilgarigidek emas emas edi,endi hurmat qiladi. qizlari juda ham ko'p, ular bilan menga eshittirib gaplashadi. xato qilsam o'zimga tushintiradi, siqilsa men bilan baham ko'radi. ba'zida " mani haliyam yaxsi ko'rasanmi?, nima uchun?" deydi. "agar birorta yigit bilan gaplashsang o'zingdan ko'r" deydi. nega u men bilan bunday? hech tushunolmayman, axir meni sevmaydi-ku! nega meni unutishimga qo'ymaydi? balki unga vafodorligim uchundir? nega?!?!?!!? iltimos maslahat bering!
Namuncha yonini olsila nima dardini dasturxon qigani yaxwilaw kere diganimi. O'zi o'lib turganakan qadri wunaqa bir tinakan bilganini qimasanmi? Gaplawiwdan oldin so'ro'midin saytdagiladan? Narhini etbo'ldinu
xuddi meni xikoyamdi yozibsizu men o'wa bolani o'rnidaman men xam bir qizni xuddi wunday qilaman lekin u qiz bilan bo'liwni xoleman lekin bir nima to'sqinlik qiladi manimcha o'wa bola xam sizga qaytishiga bir nima to'sqinlik qiladi lekin sizni sevadi xamon men bunga iwonaman
albatta undan voz kechganingiz maqul chunki u bilan yana gaplawaversayiz unga yanada boglanib rashk kilib uzizi kup kiynab kuyasiz men ham wunday aslida boshkasini sevaman lekin boshka kup kizlar bilan voqt utkazaman
yaxwi qiz sizga oddiy va qulay maslahat beraman QALBIZ ga quloq solin u sizga yul kursatadi biror narsani chin yuredan xoxlasiz butun koinot sizga yordam beradi do'stim!!! iwonin!!!!
sizga maslahatim uni unuting manam bir ikkita qizlani xoli joniga quymasdim prosta vaqt utkazardi tel qilip aslida boshqa qizdi sevamanu lekin bo'sh vaqtim ula bilan utkazardim
erga teygandan kn erizi sevin ungacha bunaqa bow orula nimaga kere uni unutasiz u sizga arzimidi xayotdan nolimen nima bo'sayam xar doim man baxtliman dib yawen
UVAHAHAHAHAHAHAHAHAGBHAQAXAXAXAXAXA BUNI BITTA QIZ OQISA NAQD TOMI KETADI. . . U BOLA SIZI SEVADI, MUHUMI BIRGASIZLAR. SABR QILING HAMASI YAXSHI BOLADI.
Uni unuting!U faqat sizni ustizdan kulyapti xolos,yana buyruq berganinichi boshqasi bilan yurma emish,sani nima ishing bor degan bo'lardim agar o'rnizda bo'lganimda!
E Qóysezchi qanaqa yawiziz óziz qinam siz unga faqat oģir kundagna keraksiz bowqa payt puf sasiqsiz sizga wunaqa yawaw yoqvotimi?! Qóyn vaqtida damin osin yigtiguli.
Bu masalada biron maslaxat berish qiyin chunki siz uni SEVASiz ko'pam tuyg'ularingizga b6ysunasiz bergan maslaxatlarga baribir amal qilmaysiz bunga ko'nglingiz yuragingiz y6l qo'ymaydi. Xar nima bo'lganda xam uni unutmoqchi bo'lsangiz zinxor boshqasidan foydalanmang boshqasi bilan yurmang nomingizga dog' tushurmang.
SIZGA MASLAHATIM UNDAN BUTUNLAY VOS KECHING WUNDAY QILINKI QILGAN IWIDAN MING PUWAYMON YISIN NIMA KERAGI BOR BUNAQA SEVGINI U SIZNI SEVSA BUNDAY QILMASDI RAWK QILIWKA HAQIYAM YUQ U NOMARD EKAN BILAMAN UNI SEVAS LEKIN VAQTINCHA UNGA ERME BULGANDAN KURA UNU UNUTIB QIYNALGANIZ AFZALROQ.
tovba wuyam sevgi boldiyu yigit kiwi sevib qosa bowqacha muomilada boldi sizi ustizda kulvottikanu wunyam blmiyapsimi vaqtida aqlizi yiging sizga maslaxatim
sizga hayron qoldim oldin uni sevib endi do'st bo'la oldizmi manimcha bu hechqaysi mantiqqa to'g'ri kemidi vaxtida u boladan ko'ngil uzing yoki maqasadini bling