Gulim... Meni Kechir.! Seni Xech Unutolmadim.! O'z Hayotimdan Voz Kechdimu.! -Lekin Sendan Kecholmadim.!
Taqdir Yo'llarimiz Ayro Bo'lsada.! -Seni Sevishdan O'zimni Tiyolmadim.! Bu Qismatimning Yakuni Ayon Bo'lsada.! -Senga Intilishdan O'zga Yo'l Topolmadim.!
Meni Kechir... Bu Qalbimdagi So'zlarni.! -Sirligicha Qoldirib! -Senga So'zlamadim.! Tun-u Kun G'amga Cho'mib,Endi Bildimki.! -Men Seni Judayam Ko'p Sog'inyapman.!
O'sha Baxtsiz! -Noshukur Yuragimni.! Senla Baxtli Ekanligini Ketganingda Angladim.! Seni Qayerga Yo'l Olganingni Bilmadimu.! -Lekin Men Albatta Ortingdan Izlab Boraman.! Gulim...
Yigit bilan Qiz.! Ular bir-birini jonidan ortiq sevishardi.! Kunlarni tunga ulab,o'rtasidagi masofa uzoq bo'lsada,bir-birlariga yonma-yon o'tirgandek xis qilishardi.! Ularning hayoti baxt va orzu-niyatlarga to'la,sevgidan mast bo'lib yashashardi.! Garchi yigit qizni ko'rmagan bo'lsada,qizning shirin ovozi uni mahliyo qilib,hayollarini yettinchi osmonga ko'targandek tuyulardi.! Qiz ham sevgan yigitidan olis bo'lsada,uning ko'ngil dardlarini-oq ko'ngil shirin so'zlarini hurmat qilib sevardi.! Ha ularning tanishuvi oddiy bir internet aloqasi va qo'ng'iroq ovozi bilan boshlangandi.! Kunlardan bir kun yigit yolg'izlikdan zerikib oilasidan uzoqda o'z hayoti haqida o'ylab o'tirganda.! Telefonining ovozi hayolini buzadi.! Sms kelibdi begona raqam.! Yigitning esa telefonida puli ham yo'q kim ekanligiga qiziqardi va unga qo'ng'iroq qilishini so'rab sms yozardi.! Biroz vaqtdan keyin javob keladi.! Bu sms ularning birinchi tanishuv kuni bo'ladi.! Uzoq masofalar shu kundan boshlab qiz va yigitni bir biriga yaqinlashtiradi.! Ular har kuni telefonda gaplashar smslashar edi.! Ko'p o'tmay yigit hayot qiyinchiliklarini unutadi,qishning sovuq shamollari yuzidagi g'amni uchirib ketib muloyim kulgu baxsh etadi.! Yigit qizga kundan kunga bog'lanib uni sevib borardi.! Zora qizni ko'rmasada uning uchun shunchalar go'zal shunchalar latofatli deb bilardi.! Qiz ham juda yigitning mehrini xis qilib sovuq qishning shamollarida yigit bag'rida isinayotgandek uning taftini xis qilib yashardi.! Lekin bu sevgi qissasi uzoqqa cho'zilmadi.! Baholanki yigit bilan qiz bir biridan olis bo'lsada ular baxt sari intilishgan birga bo'lishga axd qilishgandi.! Ammo bu orzu niyatlari amalga oshmadi.! Ularning taqdir yo'llari bu hayotda kesishmasligini bilgan qiz yigitning sevgisini kundan kunga rad qilib borar.! Qiz yigitni o'zidan uzoqlashtirishga urinardi.! Yigit esa hammasini tushunar va qizni ko'ngliga quloq solardi.! Qiz yig'lamasdi ammo uning yuragidagi ko'z yoshlari yigitga telefon ovozidagi so'zlaridan qulogiga eshitilib turar edi.! Ular tez orada ajrashib telefonda gaplashmay ketishadi.! Bu hayotning sinovlari yana bir ikki yoshni toptap tashlaydi.! Sevgiga qadam qo'ygan ikki yosh,oradagi masofa uzoqligini yuraklarining yaqinligi uchun xis qilishmas va bir-birlarini sevishardi.! Lekin bu tuyg'ularni o'zga insonlar xis qilisholmadi.! Qizning Ota-Onasi bunga qarshilik qilishadi.! Seni uzoq joyga kelin qilmaymiz deb so'zlarida qat'iy turib olishadi.! Qiz qancha harakat qilmasin yolvorishlaru iltimoslari Ota-Onasining so'zlarini o'zgartirolmaydi.! Mana shu asnoda kunlar oylar o'tib boradi.! Yigitning esa bu vaqtda oilaviy tashvishlari qiynab qo'yadi.! Kunda telefoniga razm solib qo'yar,bir marta bo'lsayam qo'ng'iroq qilarmikan deb o'ziga-o'zi savol berib qo'yardi.! Lekin endi kech bo'lgan qiz uni unutgandi.! Ota-Onasining so'zlariga qarshilik qilolmaydigan qiz o'z ibo-hayosini yuqotmaydi.! U oilada yakkayu yagona qiz ekanligini va Ota-Onasi baribir sevganiga berishmasligini takror va takror yigitga qaytarardi.! Yigit esa chekinmas edi.! Afsuski ayriliq va Ota-Ona so'zi sevgidan ustun keldi.! Qiz boshqa qo'liga telefon apparatini olmadi.! U yigitni unutdi.! Yigit esa hali ham uni kutar va u ketgan yo'llardan borishga harakat qilardi.!
Xolamni qizlaridayam wunaqa böldi telda taniwib birbirini yoqtirib qoldi 2 marta sovchi yubordi bermadila uzoq deb taqdiri qöwilmagan ekan hozi bowqaga unawtirilgan jimgina yuripti endi