|
Juma kuni muborak bir kundir. Alloh taolo juma kuni bilan islom dinini buyuk qilgan va uni musulmonlarga farz etgan.
Payg'ambarimiz dedilar :
"Shubhasiz juma kuni kunlarning muboragi va buyugidir. U Alloh nazdida Qurbon bayrami kunidan ham , Ramazon bayrami kunidan ham buyukdir".
"Odam alayhissalom yaratilgan kun jumadir , shu kuni jannatga kirgan va shu kuni yer yuziga tushgan. Qiyomat ham shu kuni bo'ladi. Alloh nazdida u kun "Yavmul Mazid" dir. Farishtalar osmonda unga bu ismni berishadi. U jannatda mo'minlar Allohni ko'radigan kundir".
Shuning uchun ushbu muborak kunda imkon qadar savobli ishlar qilish: sadaqa berish , Qur'oni karim o'qish , ochlarni to'ydirish , ota-onaga , farzandlariga xushmuomala bo'lish kerak. Ushbu muborak kunda savob qozonish qanchalik oson bo'lsa , gunohkor bo'lish ham shunchalik osondir. Juma kuni musulmon masjidga erta borishida juda buyuk fazilat bor. Ma'lumki , Qur'oni karimda Alloh taoloning "Allohni zikr etishga shoshiling" degan amri bor. Masjidga erta borib, Allohning amrini bajo keltirgan bo'lamiz. Rasululloh (s.a.v) shunday marhamat qiladilar:
"Kim juma namoziga birinchi soatda borsa , bir tuya qurbon qilgan hisoblanadi. Kim undan so'ng borsa bir sigir , undan so'ng borgan bir qo'chqor , undan so'ng borgan esa bir tovuq so'ygan hisoblanadi. Kimki undan so'ng borsa bir tuxum hadya etgan hisoblanadi".
"Juma kuni kim masjidga erta borsa , Qiyomatda u Allohni juda ham yaqin ko'radi" deb marhamat qiladilar.
Azizlar Juma kuni kunlarning buyugidir shunday muborak kunda faqat savobli ishlar bilan qalblarimizni nurafshon aylaylik , zero gunoh ishlarga joy qolmasin.
|