12 Yildan beri tinimsiz ijod va muhlislarning tugalanmas qarsaklariga sazovor bo'lib kelayotgan "Shod" guruhi yigitlari o'zlarning shou konsert dasturlaridan keyin biroz ijodiy tanaffus qilayotganliklari sezildi. Bu tanaffus sababli va ijodagi yangiliklar bilan tanishish maqsadida "Shod" guruhining 12 yilligi munosabati bilan, "Universal Art" markazi vakillari tomonidan suhbat uyishtirildi.
Suhbatga yosh san'atsevarlar, jurnalistlar va "Shod" guruhining ashaddiy muhlislari ishtirok etishdi va ular tomonidan berilgan ilk savol nima uchun "Shod" guruhi ijodda ko'rinmay qolganligi edi.
Shuhrat: 12 Yil tinimsiz ijod qildik, bizning guruh hech qaysi tashkilot yoki hech qaysi prodyuserga qarashli emas. Ijodda juda erkinmiz, biroz tanaffus qilganligimizning birinchi sababi muhlislar bizdan ijodiy yangilik kutishadimi, muhlislarimiz talab qilishadimi va biroz sog'intirsakchi degan o'y bilan oz muddat tanaffus qilishga axd qildik. Lekin ayni vaqtlarda tinimsiz ijod qilish bilan bandmiz.
Shod guruhi 12 yildan beri birga ekan, hech bir-biringizning joningizga tegib qolmaganmisiz?
Doniyor: Yo'q hech qachon, har birimizning oramizda bir yoshdan farq bor, bu degani biz aka-ukalarmiz, to'g'ri bazida, fikrlar to'qnashuvi, qarama qarshi gap so'zlar ham bo'lib turadi, lekin doim bu narsalarni yengib kelganmiz. Bir birimizga yon bosishga o'rganib qolganmiz.
Otabek: Biz kollej davrlaridan beri birgamiz, ko'plab konsert dasturlarida qo'shiq aytardik, bir festivalda uchalamiz birga qo'shiq kuylagandik, o'shandan keyin ustozlarimiz va maktabimiz ma'muriyati tomonidan uchalamizning ismimizni bosh harfidan olib guruhimiz nomini "SHOD" deb nomlashgan boshida biroz yoqmagan, lekin keyinchalik ko'nikib ketganmiz...
Eshitishimizga qaraganda konsertingiz chiptalarini qaysidir tashkilotlarga majburan o'tkazgan ekansiz. Bu haqiqatmi yoki aksi?
Otabek: Bu umuman noto'g'ri, agarda konsertimizga hech kim chipta olmay, bironta muhlisimiz bo'lmaganida Shod guruhini boshqa umuman birga ko'rmagan bo'lardingiz.
Barcha yulduzlarni birlashtirgan "Hayot uchun" marafonida ko'rinmadingiz...?
Shuhrat: Biz bu marafonga hamisha qatnashib kelganmiz, ming afsuski bu yilgisida Andijon safarida edik. Lekin tashkilotchilarga, bu hayriya ishiga qo'l cho'zganlarga biz doim o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Hayrli ishlarni hamisha qilish tarafdorimiz!
Orangizda aktyorlar ham bor, "Qaroqchilar" filmida Doniyor sizni ko'rgan edik. Nega kino dunyosida o'z faoliyatingizni davom ettirmadingiz.
Doniyor: Bu filmda rol o'ynaganimga mingdan-ming afsusdaman. Haligacha o'zimni kechira olmayman. Hayotim va ijodimdagi eng katta hatolik. Film ssenariysidagi yozma bilan kinodagi namoyish umuman boshqacha... Lekin yaqinda eshitdim "Qaroqchilar" filmi Qozog'istonda juda ommalashib xit bo'libdi :)
Suhbat davomida "Universal Art" markazi a'zolari tomonidan ajoyib chiqishlar va aktyorlik mahoratini namoyish etganligi barchaga birdek manzur bo'ldi. Shod guruhiga esa barcha, ijodiy parvozlar va omadlar tilab qolishdi.
Amirxon: Shod guruhiga savol berar ekansiz ular hecham tanqidni ko'tara olmasliklariga guvohi bo'ldim."Bir kishi hamma uchun hamma bir kishi uchun" degan iboraga amal qilib hech qaysi og'ir savolga javob berishmadi... Ortiqcha savol bergani, esa gap bilan tepkilab tashashdi. Qoyil ularni ko'rgan odam suhbatga emas, janga kelgan deb tashxis qo'yishi aniq edi. DAXSHAT!!!
Amirxon
foto muhbir: Sardor Umarov