Главная » 2014»Июнь»25 » Messi Ispaniya g‘aznasiga 33 million yevro soliq to‘laydi
07:23
Messi Ispaniya g‘aznasiga 33 million yevro soliq to‘laydi
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya davlati g‘aznasiga 32,9 million yevro to‘laydigan bo‘ldi. 2,7 million yevroni hujumchi soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamagani uchun jarima sifatida to‘laydi, deya xabar berdi Uff.uz Sport-express.ru ma’lumotiga asoslanib.
Bundan tashqari, 25 million yevroni argentinalik futbolchi soliqlarni to‘lashda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygani uchun to‘laydi.
Ushbu mablag‘ni to‘laganidan so‘ng Messiga qo‘yilgan barcha ayblovlar olib tashlanadi.