Mercedes-Benz kompaniyasi o'rtacha yoqilg'i sarfi haqidagi qonun talablarini bajarmagani uchun AQSh hukumatiga 6 mln. 800 dollar jarima to'lagan. Associated Press axborot agentligi tarqatgan xabarga ko'ra, Mercedes-Benz tomonidan 2008 yilda Amerikaga olib kirilgan qator rusumdagi avtomashinalarning ko'ratkichlari amaldagi qonunchilik talablariga zid keladi. Qonunga ko'ra, bitta avto ishlab chiqaruvchi tomonidan AQShga olib kiriladigan avtomobillar 100 kilometrga o'rtacha hisobda 8,6 litrdan ortiq yoqilg'i sarflashi mumkin emas. Shu tariqa 2009 yilning o'zida AQSh yo'l harakati xavfsizligi bo'yicha milliy ma'muriyati 6 ta avtokorxonalardan jami 13 million dollar jarima undirgan.