Men ajalman yarim tundagi, Chalg'isiga suyangan qora zolimman. Men ajalman o'tli ko'zlarim, O'ljasini poylagan beshafqat dilman.
Men ajalman o'zim bilmayin, Sevgilimga xoyinman ko'nglin tirnagan. Men ajalman so'zim bilmayin, Ko'zlarini yoshlagan dardsiz kesakman.
Men ajalman yuragim yo'qdir, Urib turar ko'ksimda qichqirgan tillar. Men ajalman gunohim ko'pdir, Ko'zlarida marjon yoshla go'zallik yig'lar.
Men ajalman qiyofam inson, Go'zallikka berkingan qora bulutman. Men ajalman yelkamda g'urur, Farishtam yo'q endi Shaytonga qulman.
Men ajalman jonni olguvchi, Men olovman o'tga solguvchi. Men bir so'zman dilda qolguvchi, Men sevgiman sensiz o'lguvchi.
Men hayolman aldab ketgani, Men bir sharob tamom etgani. Men armonman orzu qilganim, Men sevgimni izlab topsaydim...
Sasha.B & Gulnora Opa - Yordamida tuzildi.!
|