Ushbu xat bilan men sizlarga o'zim haqimda, aniqrog'i xozirgi kunim to'risida yozaman va yozganimdan to'g'ri xulosa qabul qilgan xolda menga maslaxat berarsiz degan umiddaman. Bundan bir necha yil oldin bir qizni sevib qoldim. U qiz ham meni juda sevardi. Bu xolatni uning ko'zlaridan yoki xatti- xarakatidan bilish qiyinmasdi. Uydagilar esa buvimning vasiyatlariga ko'ra meni boshqaga uylantirishdi. Qiz ham meni va uydagilarimni to'g'ri tushundi. Lekin bilishimcha u qiz meni xamon sevadi. Men ham uni bir zum bo'lsada unutganim yo'q. Shu sababdan bo'lsa kerak men umr yo'ldoshim bilan yaxshi yashay olmadim. Unga mexrim uyg'onmadi. Rafiqamga bor gapni aytdim va mendan xafa bo'lmasligini tushuntirib yaxshilik ila ajraldik. Oradan bir yarim yil o'tdi. Yuqorida aytganimdek u qiz meni xamon sevadi va turmush qurmagan. Sizlardan olmoqchi bo'lgan maslahatim shuki men u qizga sovchi qo'ysam bo'ladimi? Maslaxat bering. Zora...