YAKSHANBA, 2024.12.29, 11:04
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
ENG ZOR KIM?
XAMMA JAVOBLAR: 1098

Статистика

XOZIR SAYTDA 1
MEXMON 1
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2012 » Апрель » 29 » QAYTA SEVILISH O’Z QO’LINGIZDA!
23:29
QAYTA SEVILISH O’Z QO’LINGIZDA!
Ayol kishi juda sezgir bo’ladi-da! U gohida gaz pechida suti toshib ketganini, ovqati kuyganini sezmay qolishimumkin, ammo… eridagi o’zgarishni sezmay qolishi… aslo! Men ham darrov sezdim. Har gapida "jon, jonim” deydigan erim o’zgardi qoldi! 
-ayol kishi ham shunaqa bo’ladimi? Biram befarosatsan-ey! Kundan kunga qarib boryapsanmi? Kiygan kiyiming ham yarashmaydi! Qishloqiligingga borasan… Ha undan shunaqa gaplar eshita boshladim. Avvaliga parvo qilmadim. Erim esa hamma yaxshi odatlarini unutib qo’ydi: "jonim ”so’zini, ikki o’g’limiz bilan meni aylantirib kelishni, bozorga olib borib yoqtirgan kiyimimizni olib berishni…
Hullas, uyda o’zimni ortiqchadek seza boshladim. U faqat o’g’illariga mehribon.
KUZATUV.
Eng birinchi qilgan ishim ko’zguga qarash bo’ldi. O’zimni tanimay qoldim: "Sho’rlik Nigora! Bolalarga, ishga,erning injiqliklariga, ro’zg’orga ulguraman deb adoyi tamom bo’libsan-ku!" Rost! Ko’zgudan menga sochlari to’zigan, yuz-ko’zlari xorg’in, ozg’in va ko’rimsiz ayol qarab turardi.
-Bu yurishingda senga gado ham qaramaydi.-dedim o’zimga o’zim.
Demak, erim boshqasini topibdi. Birdan meni muzdek ter va qaltiroq bosdi. Kim u? qanaqa qiz yoki ayol? "bu dunyoda "yurmagan” erkak yo’q” derdi bir dugonam . qurg’ur to’g’ri aytgan ekan-da? Nega birdan bunaqa deb o’ylayapman? Balki boshiga musibat tushib, menga aytmayatgandir? Ilgari u kech soat besh-oltilarda uyga qaytardi. Hozir soat sakkizga yaqin qaytadi. Men ahmoq bundan hursand bo’lib yurgan ekanman:kelgunicha hamma ishga ulguryapman, ovqat ham tayyor deb! Avval tezroq va ko’proq savdo qilay deb , juda vaqtli chiqib ketardi. Hozir bemalol. Yasan-tusan qilib, atir sepadi. Demak, boshqasini topgan!
BIRINCHI MAKR!
O’ylanib qoldim:qanday qilsam e’tiborini tortaman? U har doim meni ilk uchratgan paytini entikib eslardi:”do’konga bosh suqding-u "Bu yerda erkaklar kiyimi sotilarkan” deding . jingalak sochlaring oppoq yuzingni to’sdi. O’zim bilmagan holda yugurib chiqdim…” o’shanda jingalak sochlarim sun’iy edi: "ximiya”! hozir sochni "kare” qilib kestirish urfga kirgan bo’lsa-da, go’zallik saloniga borib ularni hayratlantirdim:
-sochlarimni "ximiya” qilib jingalak qilib qo’ying!
-voy xozir bu moda emas!
-xechqisi yo’q!
Dori darmonlarni har doim turmush o’rtog’im bir kursdoshimdan ulgurji narxda sotib olardi.(hususiy dorimxonamiz bor ) Bu safar unga o’zim qo’ng’iroq qildim:
-Olim, yaxshimisiz? Ayrim dorilar tugagandi. Xo’jaynimning bugun vaqti yo’q ekan…
Erim meni undan qattiq rashk qilishini bilaman.
-allo, dadasi, yarim soatda dorixonaga kelib bizni olib keta olasizmi? Bolalar bilan birgamanda! Olim dori olib kelgandi.
-Olim?- birdan u kishinig avzoyi buzildi.- Dori "zakaz”qilmagandimku!
Endi turmush o’rtog’imning uchib kelishi aniq! Adashmagan ekanman. Erimning mashinasi ko’rindi. Erim dorixonaga kirganida atay Olim bilan gaplashaverdim. Sezdim, u bir zum qotib turdi. Salom bergach, burilib qaradim. U mendan ko’z uzolmadi. Uyga kelguncha g’idi-bidi aytishgan bo’lsakda, kayfiyatim zo’r. uning ilk tuyg’ularini junbushga keltira oldim.
IKKINCHI MAKR
O’sha megajinning rostdan ham bor –yo’qligini, bo’lsa, undan sovitish yo’llarini izlardim. Shu ilinjda bir necha bor bozorga bodim. Foydasi yo’q!
Menga Xudoning o’zi yordam berdi. Bir kuni turmush o’rtog’im yuvinish xonasidaligida qo’l telefoni jiringlab qoldi. Darrov olib, yashil tugmasini bosdim.
-allo, Kamol akam bormilar?
Tutoqib ketgan bo’lsam ham, o’zimni qo’lga oldim:
-Akam vannaxonada edi. Kim so’radi deb qo’yay?
-Zarifa.
Jahl bilan qizil tugmani bosdim. Qayta qo’ng’iroq qilib, boplab qarg’asammikin? Qachondan beri erimni "aka” qilib olibdi? "To’xta, o’zingni qo’lga olib, aql bilan ish qil! Arqonni uzun tashla. Balki bu bir oddity tanishidir. Sharmanda bo’lma tag’in.” O’zimni ruhan tayyorlab erimni kutdim. Albatta, Zarifaxonning raqamini o’zimga ko’chirib olishni ham unutganim yo’q.
-Dadasi, Zarifa degan qiz so’radi sizni,-dedim ko’zlariga tik boqib, jilmaygancha.
U duv qizardi.
-Ha-a, qo’shni do’kondan, "tovar”kelgandirda…-dedi. Demak shu!
-"tovar”ni o’zi qabul qiladimi? Eri yo’qmi qarashadigan?-hayratlangancha so’radim.
-bor. Dardisar dangasa emish. Ajrasholmay yuribdi.
"Iloyim ajrasholmasin. Ajrashib sizga tegmoqchidir-da!” sal qoldi bu gaplkar tilimdan uchib chiqishiga. Zo’rg’a qaytarib qoldim. Sezdirmaslik uchun boshqa savolga tutmadim.
Kuni bo’yi ularning munosabatlariga darz yetkazishni o’yladim. Siqilib ketganimdan kompyuter qarshisiga o’tirdim. Internetdagi pochtamga kirsammikan? Shu payt.. hayolimga bir fikr keldi. Zarifaxonning telefon raqami qaysi kompaniyaga tegishliligini aniqlab, saytiga kirdim-da”SMS” yozdim:”Sizni yollanma izquvar kuzatuvga olgan. Extiyot bo’ling!”
Ikki kun o’tib yana yozdim:”Extiyot bo’ling singlim. Sizga holis niyatda yaxshilik qilyapman. Lekin baribir masalangiz hal bo’lganga o’xshaydi”
"Zarifaxon, mening SMSlarimni o’chirib tashlang! Sizga yordam berganim uchun baloga qolishni istamayman!” Bu mening uchinchi SMSim edi.
UCHINCHI MAKR
Xabarlarim o’z kuchini ko’rsatdi shekilli, oxirgi xabarni yuborganimdan keyin ikki kun o’tib erim”yorildi”:
-Nigor, yollanma izquvarlar haqida haqida eshitganmisan?
"Dardini sizga aytibtida!” Ichimda kuldim.
-Yo’q, birinchi marta eshitishim. Shunaqasi ham bo’larkanmi?
-Men ham birinchi eshitishim.
Kulgim qistadi. Erim faqat bozorda yurgani uchun kompyuter, internet degan tushunchalardan yiroq. Demak, Zarifaoy ham shunday.
Endi u kishiga "hujumga ” o’tdim: "Ilintirgan ayolingiz bilan aloqani uzing, ammo o’ziga sezdirmang. Firibgarligi uchun uni yaqinda qo’lga olishadi. Uni yollanma qotil kuzatuvga olgan Iltimos SMSimni o’chirib tashlang ”
TO’RTINCHI MAKR
Tushlik vaqtida telefonimni yashirin raqamga o’tkazdim. Endi bemalol Zarifaxonga qo’ng’iroq qilsam bo’ladi.
-allo, Zarifamisiz? Men yollanma izquvar Jamolovaman. Xech kim yo’q joyga o’ting!
-A-a-a… bozordaman…
-Chetroqqa chiqing. Kamol Oripovni taniysizmi? Tezroq javob bersangizchi? U sizga uylanaman deganmi?
-Uylanaman demadi. Lekin yoqtirishini aytgan.
Vujudimni olov qamradi. Yonib ketdim. Ammo…Bosiqlik bilan dedim:
-Uning gaplariga ishonmang. Juda hyam ehtiyotkorlik bilan ish ko’ring. Sizga o’hshagan bir necha ayolni aldaganini bilasizmi? Qo’yningizga kirib, bor budingizdan ayiradi. Atay eri bor ayollarni tanlaydi u. eringizga aytib sharmanda ham qiladi. Biz uning izidan tushganmiz. Yaqinda qo’lga olamiz, sizlar savdo qilayotgan do’konlar qatori buzilib, yangi joyga ko’chirilyapti. Vaqt yo’qotmasdan, undan uzoqroq joyga ko’ching.
-Ho’p, rahmat, opajon! Rahmat sizga, ogohlantirganingiz uchun!
Shartta aloqani uzdim. Bir hafta o’tmay, makrlarim o’z kuchini ko’rsatdi. Ishdan yaxshi kayfiyatda qaytgan erim yuzimdan o’pib qo’yarkan, dedi:
-Nigor, bozorda Zarifa degan ayol ishlardi. Haligi aytganim yollanma izquvar uning iziga tushganmish. Bugundan bozorda yo’q. eshitishimcha, o’rikzordan joy olganmish. Qo’lga tushganmish, degan mish-mishlar ham bor.
UNUTMANG, SIZNING ENG KATTA YUTUG’INGIZ-ERINGIZ HALI SIZ BILAN! BU YUTUQNI USHLAB QOLISH VA QAYTA SEVILISH O’Z QO’LINGIZDA!
Sug’diyona gazetasidan.

Категория: FIKR-MULOHAZA | Просмотров: 3987 | Добавил: Sweetgirl | Рейтинг: 4.0/1
Всего комментариев: 531 2 »
53 Nika1992   (2012.05.04 18:47) [MALUMOT]
ahmoq erkak bir kun ko'r bo'ladi nafsini uylab shunday ayolini qadriga yetmagani uchun

52 _SHIRIN_   (2012.05.04 11:25) [MALUMOT]
biggrin

51 _SHIRIN_   (2012.05.04 11:24) [MALUMOT]
Vay tovba! Boshqa ayol bo'ganda sochini yulib kelardi! biggrin

50 Fast-ForWarD   (2012.05.02 23:08) [MALUMOT]
Yana bormi yana qanaqa makrila bor bilvoli uylangunimcha biggrin
kere bopqoladi wu yangiliknikiritgan kim ozi qiz bosa chiroy qomat makrmas
ogil bolsa o'zizzi baland dorga osing lol
Lekin rahmat wunaqa makrlarni etib turganila u.n :hads:

49 Anjeli_2277   (2012.05.02 22:10) [MALUMOT]
Зур

48 Shaneel_92   (2012.05.02 18:18) [MALUMOT]
qoyil

47 ZIRAPCHA   (2012.05.02 05:19) [MALUMOT]
ok

46 majesty_maftun   (2012.05.02 00:07) [MALUMOT]
qoyile. Agent 00. Ajoyib

45 _DialNeNiNo_   (2012.05.01 20:44) [MALUMOT]
maqola ham fikrlar ham bir biridan qiziq biggrin

44 DmC™DeMoN™   (2012.05.01 20:21) [MALUMOT]
haha lol bo'lishi mumkin

43 Oshiq_Baxrom   (2012.05.01 17:28) [MALUMOT]
Bo`lishi mumkin. Yaxshi maqola

42 Mirjalol_X   (2012.05.01 12:54) [MALUMOT]
Shunchalik narsa qo'lidan keldimi ayol kishiniya...

41 MUFAZZAL   (2012.05.01 12:50) [MALUMOT]
Xa Omad

40 ZEBO0516   (2012.05.01 12:50) [MALUMOT]
yaxshi xikoya ekan rahmat

39 leyla91   (2012.05.01 09:10) [MALUMOT]
juda kulgili

38 Dj_Sardor_92_92   (2012.05.01 09:08) [MALUMOT]
qiziq ekan

37 Sweetgirl   (2012.05.01 08:31) [MALUMOT]
Xexexe! Hamma har xil fikrlidi. Hammaga birde yoqiw hchkimi qölidan kemasa kere:D

36 SkRoMnAyA_DeVoChKa   (2012.05.01 07:57) [MALUMOT]
zor hikoya happy

35 SHOHRUH_92   (2012.05.01 07:19) [MALUMOT]
hands wow
omad

34 SHOHRUH_92   (2012.05.01 07:19) [MALUMOT]
hands wow
omad

33 SHOHRUH_92   (2012.05.01 07:18) [MALUMOT]
hands wow
omad

32 Ali4742   (2012.05.01 06:50) [MALUMOT]
hands hands hands hands hands hands hands hands hands hands

31 FARZIN   (2012.05.01 01:29) [MALUMOT]
XALI BOSHIMGA KELMADIYU MANIMCHA YASAN TUSANDAN KORA MEXR SEVGI BN ERNI IYMON VIJDON I ROSTGOYLIK XUURMAT BN XAM YONIZDA QOLDIRSEZ BOLADI DEB OYLIYMAN ORQASIDAN ISH QILIB YOLGON GAPIRISHNI JAVOBI XAM BOLADI XAMMA OZI QILGAN ISHIGA JAVOB BERADI XAMMA OZ VAZIFASINI BILSA OILA MUSTAXKAM BOLADI

30 xurshed27   (2012.05.01 00:51) [MALUMOT]
juda yaxshi xikaya ekan raxmat sizga izpuvar opa

29 angel1121   (2012.05.01 00:44) [MALUMOT]
zo'r.

28 александр8888   (2012.04.30 21:57) [MALUMOT]
Ha juda yaxshi o'ylab ish qilibsiz aqlizga qoyilman. smile
Aytishardi ayollarni tovuq miya bo'ladi deb bor ekanu o'ylab ish qiladiganlariyam biggrin

27 shahidilya94   (2012.04.30 21:40) [MALUMOT]
er bermoq jon bermoq diyiwadiku...

26 Charming_Angel92   (2012.04.30 21:32) [MALUMOT]
rahmat ma'lumotla uchun

25 ATHAM9333   (2012.04.30 21:31) [MALUMOT]
har kim ham qilaolmaydi

24 silveer   (2012.04.30 20:55) [MALUMOT]
xudo qizlani rosa guzal yaratibdide sochini uzun qilibdiyu aql berishi unutibdi rosa shirin gapiradigan bulsin deb tiliga asal qushaman deb adashib zzaxar sovoribdi... sad

23 MUSLIMA333   (2012.04.30 15:43) [MALUMOT]
smile smile smile confused eek meeting

22 _yigitcha_21   (2012.04.30 13:22) [MALUMOT]
Бир вактлар аёллар шайтонга дарс берган экан.

21 My Ummah   (2012.04.30 12:41) [MALUMOT]
hamma ayb bizda, hurmatli yigitlar chiroyli hotin omela chiroyiga chichadi oxiri.
o'rtacharog'ini olilar hayotila qand bo'ladi
xaxaxaxa hazil 100% tagi zil

20 _UMIDA_   (2012.04.30 12:17) [MALUMOT]
йигитларимиз шукадар ожизки---- албатта биз аёллар олдида хм! tongue

19 ♥VioLeTTa♥   (2012.04.30 11:00) [MALUMOT]
HAAAA

18 _DialNeNiNo_   (2012.04.30 10:39) [MALUMOT]
ha biggrin

17 _yigitcha_21   (2012.04.30 10:23) [MALUMOT]
"Сугдиёна газетасидан" деган жойини укидим кейинрок хаммасини укиб чикаман

16 _yigitcha_21   (2012.04.30 10:20) [MALUMOT]
А бу мунча узун, укимагандан кейин тшунмайсанде лекин "сугдиёна газетасидан" деган жойини укидим

15 ixtiyor0775   (2012.04.30 10:01) [MALUMOT]
Ayol kiwining makri 40 tuyaga yuk bo'ladi.

14 Sweetgirl   (2012.04.30 08:34) [MALUMOT]
Hurmatli userla! Bu shunchaki hazil tariqasidigi maqola-ku. Gazetadan olinganiyam yozilgan qaytarish shartmas! O'qidim yoqib qogani uchun saytdoshlarimam o'qib bahramand bo'lishsin dgan maqsadda yozdim. Saytdigi ko'pchilik userlarimiz UZBdamas buni hammamiza yaxshi bilamiza.

13 ZIRAPCHA   (2012.04.30 06:44) [MALUMOT]
Buni man öqganman Sug'dyona gazetasdan.

12 JAGUAR77%   (2012.04.30 06:41) [MALUMOT]
a ayolla waytonga dars beradi

11 Ali4742   (2012.04.30 02:29) [MALUMOT]
lol lol lol lol lol lol lol

10 Clever-BoY   (2012.04.30 01:03) [MALUMOT]
Ana

9 Clever-BoY   (2012.04.30 00:58) [MALUMOT]
3yil kuting manaytb beraman sizga lol babniksizy bilmisizmi haha

8 Odil-oxran   (2012.04.30 00:56) [MALUMOT]
qowni men uylanganimdan keyin qiynalme deyapmanda oldikdan bilgandi foydasi borakan

7 Clever-BoY   (2012.04.30 00:51) [MALUMOT]
Qowni qolganini uylansez orgatib qoyiwadi

6 Odil-oxran   (2012.04.30 00:48) [MALUMOT]
qolgan makrlarni yozilar bilib oleli biggrin

5 Clever-BoY   (2012.04.30 00:46) [MALUMOT]
Ayol makridan falak hayrondur falak bolganiga puwaymondur
waytonga dars berar insondur
ilohim asra ayol makridan surprised

4 shirinoza8888   (2012.04.30 00:46) [MALUMOT]
tuba makirlardan xudo saqlasin ayolni sad makirlimasmiz xudoga shukur

1-50 51-53
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz