YAKSHANBA, 2024.12.29, 11:14
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 1
MEXMON 1
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2012 » Апрель » 24 » LO`LILARNING NIKOH TO`YI (Kelin-kuyov limuzinda sayr qiladi...)
20:45
LO`LILARNING NIKOH TO`YI (Kelin-kuyov limuzinda sayr qiladi...)
Qorachadan kelgan, tojikchanamo so‘zlashadigan, qiziqqon xalq — lo‘lilar haqida anchadan buyon maqola qilishni o‘ylab yurgandik. Ammo... har safar qo‘rquv ustun kelardi. Chunki xalq orasida "lo‘lilar marhumni uyiga ko‘marmish, hamma uyda qabr bormish. "Charxpalak” serialiga ham lo‘lilar uyini izlab, marhum ko‘milmagan xonadonni arang topishganmish” degan mish-mishlar yuradi. Yana deng, ularning ko‘zi qattiq, bitta qarashda gipnoz qilib qo‘yadi, deyishadi. Bironta lo‘lining uyiga kirsagu, savollarimiz malol kelib... u yerdan qaytib chiqmasak nima bo‘ladi, degan o‘ydan yuragim gupirlab urib ketdi. Shu bois lo‘lilar bilan qilinadigan suhbat qolgandan qolib kelayotgandi. Qishdan beri!
Bir kuni tahririyatga kelsak, yaxshi xabar yuribdi. Kimda-kim gazeta tili bilan aytganda "portlaydigan” maqola qilsa, katta miqdorda mukofot berilarmish... Uh!!! Hech kim joyida o‘tirolmay qoldi. Ko‘p eshitamiz, chet el jurnalistlari sensatsion maqola qilsa gonorari katta bo‘ladi, shu bois tinim bilmay ishlaydi. Demak... biz tomonlarda ham quyosh chiqarkan-da!
Yakka o‘zim borishga biroz cho‘chib turgandim, hamkasbim Maxfura sherik bo‘lishni taklif qilib qoldi. Ko‘nmay bo‘ladimi? Fotoapparat va diktafonni qo‘lga olib Achavot mahallasi tomon oshiqdik. Ammo ichimda biroz g‘ashlik, sherigim qiz bola. Lo‘lilar haqidagi gap-so‘zlardan keyin qiz bola bilan borish bo‘ynimga ancha yukni tashlagandek edi...
 
LO`LILAR "BARONI”NI IZLAB
Hozir ham lo‘lilarning Baroni bo‘lishini bilasizmi? Baronning ruxsatisiz hech bir lo‘li siz bilan gaplashmaydi, uyiga ham kiritmaydi.
Chindan ham va’dani berishga berdigu, ammo lo‘li mahallaga yaqinlashganimiz sayin oyoqlarim titrab ketayotganini sezib qoldim. Sherigimga qarasam, ranglari oqarib ketibdi. Demak, u ham kelishga kelib, ichini «it timdalayapti». O‘zimning ahvolim o‘zimga erish tuyulib: "Pul o‘lsin-a, pul o‘lsin!” deb qo‘ydim bosh chayqab...
Lo‘lilarning «baroni» — bu ularning oqsoqoli. Lo‘lilar qoidasiga ko‘ra, u jismonan kuchli va aqlli bo‘lishi kerak. Ya’ni qiziqqon, jahongashta millat vakillari unga itoat etishlari lozim. U oilaviy-maishiy masalalardan tortib, ijtimoiy va boshqa muammolarni ham hal qilish huquqiga ega. Bir so‘z bilan aytganda — u himoyachi va odilona qaror qabul qiluvchi Hakamdir.
Lo‘li mahallaga kiraverishda shopmo‘ylov, qorachadan kelgan, chamasi 35-40 yoshlar atrofida bo‘lgan bir odamni uchratdik. Men xuddiki yaqin tanishimni uchratib qolgan odamdek quyuq so‘rasha ketdim. Lo‘li amaki hayron... 
 — Amaki, biz jurnalistmiz. Lo‘li millati haqida maqola qilmoqchiydik. Shunga lo‘lilarning "baroni”ni izlab yuribmiz, — dedim.
O‘zini Mannop aka deb tanishtirgan bu odam bizga sinchkov nazar tashladi-da: 
— Gazetdan keldingizlarme, hay, maqtab yozasizme, — deb so‘radilar soddadillik bilan.
— Ha-da, sizlarning urf-odatlaringiz, yashash tarzingiz, udumlaringiz bilan tanishmoqchimiz, — dedim.
— Ha, shundoq deng. Unda... qani yuring-chi! – deya yo‘l boshladi u odam. 
 Joy yetmaganday bir-biriga qapishtirib qurilgan pastqam-pastqam imoratlar oralab Mannop aka boshlagan yo‘lga keta boshladik. Shu o‘rinda baron Mannop akaning o‘zimikan yoki eski udumlari qolib ketganmikan, bunisini bilolmadik. Har qalay lo‘lilar bizni ochiq chehra bilan kutib olishdi. Notanish bir xonadonga kirishimiz bilan bizga peshvoz chiqqan ikki lo‘li ayol bir xonaga boshladi. Biz esa so‘riga ko‘rpacha to‘shashlarini iltimos qildik. Ochig‘i, ichkariga kirib o‘tirishga qo‘rqdik. Shundan keyin ularning biri supaga ko‘rpacha to‘shadi. Supa tagi tovuq katagi chog‘i, tovuqlarning «qa-qag‘lashi» shundoq eshitilib turardi. Bir payt uydagi har bir eshikdan bir to‘da yosh bola-yu, katta yoshli odamlar chiqib kelishdi. Hammasi bizga ajablanib qarar, o‘z tillarida nimalarnidir bir-birlariga aytishardi. Orasidagi «intervyu» deb eshitilgan so‘zdan bildikki, ular bizni intervyu olgani kelganlar deyishdi, shekilli. Ularning hammasi shu xonadon a’zolari emish! Besh-olti xonali uyda 20 tacha odam turarkan, qoyil-ey! Ular bir-birlari bilan qattiq-qattiq gaplashishar, ammo qo‘limda fotoapparat tutgan meni nazardan chetda qoldirishmasdi. Chunki men maqolamiz uchun «portlatgich» bo‘lib xizmat qiluvchi har narsani suratga tushirayotgan edim. Ammo... menga «taborlari bedarvoza emasligini tushuntirib qo‘yishdi». Lo‘li ayollar suratga tushishni istamadilar. Lo‘li millati biz o‘zbeklar kabi kattalarni qattiq hurmat qilishar ekan. Bir payt ichkaridan 70-75 yoshlar atrofidagi keksa onaxon chiqib keldi. Yurishlari og‘ir-vazmin, qarashlari tiyrak. Aftidan shu xonadonning «baroni» — yigitlarning onasi, kelinlarning qaynonasi bo‘lsalar kerak.
— Assalomu alaykum, xolajon! — men u kishiga alohida izzat-hurmat ko‘rsatdim. Umuman, men qayoqqa borsam, o‘shalarning qiyofasiga kirishga ustaman... Ammo ming tavallo qilmay o‘g‘illari onaxonni suratga tushirgani ruxsat etmadilar. «Kim biladi, bu muxbirvachchalarning niyatini?» deb o‘ylashdi shekilli. Chunki muxbirlar eng, eng...eng!!! Xullas, tushunarli-a u yog‘i! Yozish shartmas. Umuman to‘g‘ri qilishdi?!

LO`LILARNING NIKOH TO`YI
(Kelin-kuyov limuzinda sayr qiladi...)
Isbotini topmagan mish-mishlar
Emishki, lo‘li qizlar to‘y kuni chimildiqqa kuyov bola kirish oldidan unga eshittirib, "umrimning oxirigacha erimni boqaman. Och qolsam qolay, kasal bo‘lib qolsam ham, amallab erimni boqaman”, dermish. Shundan keyingina kuyov chimildiqqa kirar ekan...
Emishki, lo‘lilarda o‘g‘il bolalardan emas, qizlardan o‘g‘il bola xonadoniga sovchi kelarmish. Tanlash huquqi qizlarda bo‘larmish...
Emishki, lo‘lilar o‘ch olishga usta ekan. Hattoki, oddiygina ortiqcha qilingan hazil qon bilan yuvilarmish. Shuning uchun ham qasd olish ustun bo‘lgani bois, qiziqqon xalk deya, ta’riflanarmish...

— Xolajon, to‘y-tomosha, urf-odatlaringiz haqida yozmoqchiydik, rozimisiz?
— Hay, mayle bolam... Ismim Xolmirzoeva Zamira, — lo‘licha talaffuzda so‘zlay boshladi aya. —Yoshim 75 ga, bolam. 1934 yil tug‘ilganman. Hisobla, nechchi bo‘ladi, 75 bo‘ladime? 
— Yo‘g‘e! Rosti bilanmi? Yosh ko‘rinasiz-ku! 
—«Ovlo» bor (Xudoni nazarda tutyapti) bolam, tushundingma? Yolg‘on gapirmayman.
— Urf-odatlaringiz o‘zbeklarnikiga o‘xshaydimi?
— O‘xshaydigoni bor, o‘xshamaydigoni bor. Masalan, to‘ylarimiz haqida man sanga aytay. Agar kimki o‘g‘lini uylantirmoqchi bo‘lsa, oldin qiz bor xonadonni biladi, so‘ng 3-4 ta xotin yig‘ilishib "qiz ko‘rdi”ga boradi. Qizni ko‘radi. Bizda avval yigit-qiz uchrashadi. Yoshlar bir-birini yoqtirsa, ana undan keyin sovchi yuboradi.
— Keyin unashtiruv bo‘ladimi?
— Yo‘q. Bizda boshqacharoq. Sovchi bo‘lib borganda «oqsolar marosimi»ni ham qilishadi. Kuyov tomondan sovchi bo‘lib kelganlar qizning boshiga, peshonasiga un sepib, oq bog‘lashadi. Sovchilar bitta qo‘y olib kelishadi va katta bazm qilinadi. Bu to‘yning boshlanishi.
Fotiha udumimiz ham boshqacha o‘tkaziladi. Bunda kuyov bo‘lmish kelinga bitta qo‘y, bitta sigir va boshqa xarajatlarini ham olib keladi. Lekin ikki tomon baravar sep qiladi. 10 ta ko‘rpa, 10 ta yostiq, 10 ta ko‘rpacha, bitta katta va bitta kichik sandiq. Imkon bo‘lsa, divan bilan "gardirob” (shkaf demoqchi) qiladi. Puli borlar «tilbizo‘r», «viydo» ham qilishyapti. Ammo yigit tomon kelinga tilla uzuk, tillo zanjir, tillo zirak olib berishi kerak... 
To‘yda eng avvalo, musulmoncha nikoh o‘qitiladi. Ana undan keyin «kelin salom» qilinib, "kelindi” dugonalari bilan aylantirishadi. Hozir "limuzinme, 6 metrlikkame, 7 metrlikkame o‘tqizadigan bo‘ldi-ku!” O‘shanga o‘tirib, kelin boshqa, kuyov boshqa aylanishadi, "morojno” yeydimi, xullas shunaqa.
— ZAGSdan o‘tishadimi? Ko‘pchilik lo‘lilarda pasport bo‘lmaydi, deyishadi-ku, shu rostmi?
— Nega endi bo‘lmas ekan. Mana paspo‘rt bor. ZAGSdan ham o‘tadi. Bizam O‘zbekiston fuqarosi, faqat millatimiz lo‘li-da!
— To‘yni hovlida qilasizlarmi?
— Imkoni borlar kafe, restoranlarda qiladi. Ba’zilar hovlisidayam to‘y qilaveradi...

«ChIROQ O`CHDI» MAROSIMI
Bir zamonlar eshitgandim, lo‘lilarda «chiroq o‘chdi» marosimi bo‘larkan. Sherigim, qo‘yarda-qo‘ymay, nuqul shu savolni berishga urinar, onaxon ham uni eshitmaganlikka olardi.
Azbaroyi qiziqqanimdan sherigimdan bu haqda so‘rab oldim. Emishki, «chiroq o‘chdi» marosimida «kelin-kuyov» chimildiqqa kirib ketgach, xotin-xalaj, juvonlar, yigitlaru erkaklar bitta xonaga qamalib olib, chiroqni o‘chirishar ekan. Qorong‘ida kim kimni topsa... birga bo‘larkan... Eshitib yoqamni ushladim. Qaerdagi gaplarni topib yuradi, bu Yodgorbek. Ammo mukofot, u esimdan chiqibdi-ku! Mardligim qo‘zib shu savolni beramanmi, ayaga! Urdi xudo, gapim og‘zimda qoldi.
— Bizda unaqa bo‘lmaydi! — jerkib tashladi kampir. — Xudoga shukr, hamma joyda «svet» yonib turadi! Qaysi zamonlardan qolib ketgan udum-ku! Qishloq joylarda bordir, ammo biz shaharlik «kulturniy» lo‘lilarmiz...

LO`LI XOTIN ERINI BOQISHI SHARTMI?
— Nega lo‘lilar davlat idoralarida ishlamaydi?
— Ishlayde. Mana tumanimiz S.Rahimov, o‘z mahalla qo‘mitamiz bor. Ishlaydiganlarining bari ro‘yxatda. O‘zim 45 yil «dvorni» — obodonlashtirish bo‘limida ishlaganman. Cholim 50 yil — shu tumandagi magazinlarga qorovul bo‘lgan.
— Xalq orasida bir gap yuradi. Lo‘li xotinlar erini boqarmish. Boqishi shartmish. Shu rostmi?
— Yo‘g‘-e, bolam, unaqamas, — shu payt boshqa lo‘lilar ham guvillab gapga aralashishdi.
— 6 o‘g‘il, 5 ta qizim bor. O‘g‘illarim armiyada xizmat qilishgan. Hammalari davlat idoralarida ishlashadi. Ammo «xotini boqadi» degan gapda ham jon bor. Ilgari bizning ham ota-bobolarimiz quloq qilingan, shu bois ba’zilari uyda, ba’zilar begona joylarda yashirinib yurishgan. Shuning uchun oilani boqishga imkoni bo‘lmagan. Shu sabab, xotinlar ishlab, pul topib, yashirinib yurgan erini boqqan. Bu gap o‘shandan qolgan.
— O‘zbek she’r yozishga, lo‘li gipnoz qilishga usta deyishadi?
— Ibi, qayoqda? Man gipnozni bilmayman. Lekin kinna solaman, qoqaman, suqaman. Bolalarning tomog‘idan narsa olaman. Buvim fotiha berganlar...
— Lekin... Nega marhumni uyingizga ko‘masizlar?
— Qanaqa uy. Mana qabriston! — o‘sha tomonga ishora qildi onaxon. — Yur, man sanga ko‘rsatay. 5-6 so‘m choychaqa ber, man oboray!
Buni eshitib, sherigim ikkalamiz bir-birimizga qarab qo‘ydik. Shu yerdayam «udumini» qilyaptimi? Ayni damda orqadagi lo‘lilar ham guvillab ketdi. Ular buvilarining choy-chaqa so‘raganidan xijolat bo‘lishdi, chog‘i. Aya ham darrov jilmaydi: «Hazel qildim, bolam, hazel!» dedi u.
— Aslida lo‘lilar ilgarigi zamonlarda begonalar oyoq osti qilmasin deb, marhumlarni uyga ko‘mishgan. Ammo bunga hozir hojat yo‘q. Uyda tirikka joy kamu marhum ko‘madimi? Yonimizdagi «Sag‘bon» qabristonida lo‘lilarga alohida joy ajratilgan.

TILANChILIK QILISH — URFMI?
— Siganlar bilan lo‘lilarning farqi bormi?
— Sigan yomon. Yoningda turib, boringni shilib oladi. Biz insoflimiz. Musulmonmiz. Uyalamiz, berganini olamiz.
— Tilanchilik qilish urfmi?
— Ha, hammasi Allohning karami bilan. Xudo kimnidir boy, kimnidir kambag‘ol qilib yaratgan. Biz o‘g‘irlik qilmaymiz, fohishalik qilmaymiz. Tilanchilik bizga ona sutiday halol...
— Nega lo‘lilar institutda o‘qimaydi? O‘qib, ishlasalar, tilanchilik qilishga hojat qolmasmidi?
— O‘qiganlar bor, — gapga aralashdi yoshlardan kimdir. — Ammo o‘qiganimiz bilan bizni kim ham ishga olardi? Qo‘limda diplomim bilan biron joyga ish so‘rab borsam, «millating kim?» deb so‘rashadi. «Lo‘li» desam, «yo‘qot» deganday imo qilishadi. Bizni kamsitishadi. Mana ko‘rib turibsiz, bitta uyda 6-7 ta oila yashaymiz. Qo‘limizdan hech narsa kelmaydi.
— Bolalaringiz qaerda o‘qishadi? Yo maktabga borishmaydimi?
— Lo‘lilarning bolalari uchun alohida maktablar bor. O‘sha yerga qatnashadi. Hozir lo‘lilar orasidan ham o‘qimishlilar chiqayapti.

LO`LILAR KELGINDIMI?
— Sizlarni «kelgindi» deyishadi. Shu rostmi?
— Aytishlaricha, lo‘lilarni Zahiriddin Muhammad Bobur Mo‘lton shahridan olib kelgan ekan. Shu-shu O‘zbekistonda o‘troq bo‘lib yashab qolganmiz.
— Milliy bayramlaringiz bormi?
— Ha bor, bolam. Biz uchun har payshanba, juma bayram. Yig‘ilishib sayl uyushtiramiz. Qo‘y so‘yib, xudoyi qilib, osh damlaymiz. Qolgan bayramlar — Navro‘z, Xotira kuni, Mustaqillik — hammasi bir xil.
Shu payt ayaning bir o‘g‘li qo‘lida boyadan beri ushlab, nimalarnidir belgilayotgan bir parcha qog‘ozni ko‘rsatib, "qarang, mahalladagilar ro‘yxati. Ertangi oshga pul olib kelyapti”, — dedi. Qanday uyushgan xalq!
— Bayramlarda nima qilasizlar?
— Karimov qaerga o‘tirsa, biz ham o‘sha yerga borib, bayram qilamiz, — jilmaydi aya. — Iloyo, poshshoyimizning boshi toshdan bo‘lsin!
Albatta, butun bir millat, ularning urf-odatlari haqida qisqa maqolada so‘zlab berish qiyin. Bu mavzuga yana qaytamiz. Negaki, lo‘lilar bizning qo‘shnimiz, yaqinimizdir. Shuningdek, ular shaddod, jizzaki, qiziqqon hamdir. Ko‘zlari o‘tkir, so‘zlari keskir. Kelajakni, bo‘lg‘uvsi voqealarni oldindan biladigan, odam ruhiyatini, xulq-atvorini bir qarashda ilg‘aydigan sirli millat bu. Ular haqida hikoyalarimiz davom etadi...
Achavot mahallasidan chiqar ekanmiz, nimadir ochilmay qolganga, momo aytmoqchi bo‘lgan ko‘p gaplarni yonidagi sheriklari gap qistirib o‘tirishgani uchun ham aytolmay qolganga o‘xshardi. Xullas, maqola yuzasidan "chanqog‘imiz” qonmadi. Bu mavzuga albatta qaytamiz! Qiziq, va’da qilingan mukofotni ololarmikanmiz?!
MAHZUNA AMINXON
nafosat.uz

Категория: FIKR-MULOHAZA | Просмотров: 4895 | Добавил: kamila | Теги: qiladi...), limuzinda, TOYI, nikoh, LOLILARNING, sayr, (Kelin-kuyov | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 48
48 Abrorjon   (2012.04.30 21:26) [MALUMOT]
bekorchilida o'qidigan mavzu ekan..

47 _UMIDA_   (2012.04.30 12:53) [MALUMOT]
войбуууу намунча узун

46 _SHIRIN_   (2012.04.28 16:39) [MALUMOT]
Buni o'qib, 1 yil o'zimga kelomasam kere endi! biggrin

45 _KruToY_   (2012.04.26 00:02) [MALUMOT]
zo'yuuu anu 4iroq o4ti o'yni bo'lganda vawee bo'lardikan a biggrin

44 александр8888   (2012.04.25 19:51) [MALUMOT]
Ha nimasini aytasiz Lolilarni omadini bersin biggrin

42 farishtacha_90as   (2012.04.25 18:51) [MALUMOT]
uziyam lolilarni butun tarixini yozdiyizmi deyman ??? nu xammamiz xam Olloxni bandasimiz faqat ularni risqini Ollox odamlar orasiga sochib yuborgan xuddi gai larnikiday biggrin biggrin biggrin biggrin biggrin

41 Shayxnur   (2012.04.25 18:37) [MALUMOT]
Lo'lilani O'zbekistondan chiqarib tashash kere angry yaramasla gadoyla og'rila angry

40 angel1121   (2012.04.25 17:01) [MALUMOT]
mukofot sizniki

39 Charming_Angel92   (2012.04.25 16:05) [MALUMOT]
qupollikini aytmasa ularam Biz kabi Xudoni bandasi.

38 StAaR99   (2012.04.25 13:05) [MALUMOT]
uqish yoqmadi kup ekan

37 Yasmina92   (2012.04.25 12:43) [MALUMOT]
qiziqarli maqola ekan, Lo`li bo`lsa nima bo`pti ula ham odam

36 ¤_MALOHAT_¤   (2012.04.25 12:39) [MALUMOT]
Xm...

35 ZEBO0516   (2012.04.25 12:14) [MALUMOT]
juda qiziq maqola ekan.

34 leyla91   (2012.04.25 11:27) [MALUMOT]
xa yaxshi maqola lulimi boshqami xudoni bandasi u xam odam inson uqishga bilim olishga xaqqi bor man bir narsani tushunmayman nega odamalr irq millat ajratadi bu shunchalik muhimmi man uchun kim bulishidan qati nazar inson man ularni xurmat qilaman

33 _DialNeNiNo_   (2012.04.25 11:25) [MALUMOT]
z6r

+1   Спам
32 Miss_erkatoy   (2012.04.25 10:48) [MALUMOT]
wacko

31 ♥VioLeTTa♥   (2012.04.25 10:41) [MALUMOT]
zo'r

30 lovely_7474   (2012.04.25 10:30) [MALUMOT]
Kulturniy l6lilarmiz diydimi? Vuaxaxaxa!!! Kulorib ichim uzile didi. Gap yo

29 gerard93   (2012.04.25 10:21) [MALUMOT]
bir tiyinga qimmat millat quviw kerak bularni

28 SkRoMnAyA_DeVoChKa   (2012.04.25 09:18) [MALUMOT]
vuuuuuuy zor maqola ekan

27 Linda   (2012.04.25 08:10) [MALUMOT]
juda kop oqimadim nu raxmat

26 Jadi_   (2012.04.25 07:51) [MALUMOT]
Pul o'lsina pul o'lsin quyonni ham sher qiladi

25 Nodirbek9393   (2012.04.25 07:05) [MALUMOT]
dahwat makola

24 Ali4742   (2012.04.25 06:02) [MALUMOT]
LULILAR MARXUMLARNI UYIGA KUMADI DEGAN GAPNI ESHITMAGANDIM LEKIN BU GAP YOLG'ON QABRISTONGA BORSANGGIZ UYIRDA LULILARXAM BORLEGINI KURASIZ SHAXSAN UZIM KURGANMAN

23 Ali4742   (2012.04.25 06:00) [MALUMOT]
UQIDIM ZUR MAQOLA BULIBDI

22 HI_FI_bOLAKAY   (2012.04.25 05:25) [MALUMOT]
Zorkua

21 _♥_JAXONGIR_♥_   (2012.04.25 05:04) [MALUMOT]
juda qiziq maqola ekan.

20 Clever-BoY   (2012.04.25 04:48) [MALUMOT]
Xaxaxaxa

19 Ali4742   (2012.04.25 01:34) [MALUMOT]
XALI ZERIKKANIMDA UQIRMAN

+1   Спам
18 Ezgulik_Nuri   (2012.04.25 01:32) [MALUMOT]
viy

17 Ali4742   (2012.04.25 01:23) [MALUMOT]
OCHIG'I OXIRIGACHA UQIMADIM biggrin

16 Asal0505   (2012.04.25 01:04) [MALUMOT]
smile smile smile

+1   Спам
15 Asal0505   (2012.04.25 01:03) [MALUMOT]
Qoyil,maqolangiz qiziq boshlangan,lekin markaziy nuqtada sekinlashish bor,oxiri ham tez tugab qolgan,lekin buni özlaringiz ham tushungansizlar,buni momoning ochilmay qolgan gaplari....haqidagi töxtalib ötishlaringizdan sezish mumkin.

VoyVooo romanmi bu

Hm

+2   Спам
12 Uzbechka_89   (2012.04.24 23:22) [MALUMOT]
Ман укимадим роман йоздилами?

+1   Спам
11 Nika1992   (2012.04.24 23:14) [MALUMOT]
lo'limi seganmi hammasi bir go'r hammasi sadaqa bermasang yo tuflamoqchi buladi yoki tozza ozodagina qo'llari b-n hamma yog'ingni silab bezor qiladi.

43 farishtacha_90as   (2012.04.25 18:53) [MALUMOT]
manashu gapga qushilaman
biggrin biggrin biggrin biggrin

+1   Спам
10 _-♣-_FunnyUzbek_-♣-_   (2012.04.24 23:00) [MALUMOT]
ux blya

9 Dilzoda   (2012.04.24 21:52) [MALUMOT]
Qishloq joylarda bordir, ammo biz shaharlik «kulturniy» lo‘lilarmiz... axaxaxaxa uldirdi biggrin

8 александр8888   (2012.04.24 21:43) [MALUMOT]
Omad Tilayman biggrin Man boshidan o'qib ko'rib keyin yana yozaman xopmi Ok smile

7 MUSLIMA333   (2012.04.24 21:28) [MALUMOT]
HM. BO'LADI.

6 Abbos9449   (2012.04.24 21:28) [MALUMOT]
band

+1   Спам
5 Abbos9449   (2012.04.24 21:27) [MALUMOT]
fu blin.

4 WORLD_OF_WARCRAFT   (2012.04.24 21:26) [MALUMOT]
nima balo dastonmi bu? yo roman?

3 WORLD_OF_WARCRAFT   (2012.04.24 21:24) [MALUMOT]
wacko wacko wacko wacko wacko

+2   Спам
2 GodfatheR_2666   (2012.04.24 21:21) [MALUMOT]
Bizgayam nasib qilarkanku birinchilik biggrin

1 GodfatheR_2666   (2012.04.24 21:20) [MALUMOT]
U u u u u u

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz