Nashrning ta’kidlashicha, Janubiy Koreyada sotuvga chiqarilganidan bir necha kun o‘tib, 25—30 mingta LG G3 sotilgan, bu LG G2’ning o‘tgan yilgi ko‘rsatkichidan deyarli ikki marta va Galaxy S5’ning dastlabki savdo hajmidan uch marta ko‘p demakdir.
Aytish kerakki, LG’ning marketing byudjeti Koreyada Samsung’nikidan ancha kam. Bu iste’molchilarga yangi flagman haqiqatan ma’qul tushganini bildiradi.
Eslatib o‘tamiz, yangi telefon “romsiz” dizayn, orqa paneldagi sezilarsiz tugmalar va silliqlangan metall teksturasiga ega.
LG G3 5,5 dyuymli 2560×1440 pikselli displey, to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 805 protsessori, 3 Gb tezkor, 16/32 Gb ichki xotira, 13 megapikselli old kamera hamda 3000 mAh sig‘imidagi akkumulyator bilan jihozlangan.
27-may kuni yangi smartfon San-Fransisko, Nyu-York va Londonda, bir kundan keyin Seul, Singapur va Istanbulda taqdim etildi.