Главная » 2014»Октябрь»2 » Lenovo 175 dollar narxdagi arzon S580 smartfonini taqdim etdi.
12:25
Lenovo 175 dollar narxdagi arzon S580 smartfonini taqdim etdi.
Lenovo kompaniyasi Rossiyada o‘zining arzon narxdagi yangi S580 smartfonining sotuvini boshladi. Bu haqda Mail.Ru sayti xabar berdi. Ushbu smartfonda 1,2 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli Snapdragon 200 protsessori, 1 Gb tezkor va 32 gigabaytgacha kengaytirish mumkin bo‘lgan 8 Gb ichki xotira, 5 dyuym 1280×720 pikselli IPS-displey, 2 megapikselli old va 8 megapikselli orqa kamera, 2150 mA·soat quvvatg ega batareya o‘rnatilgan. Batareyasining quvvati 3G tarmog‘ida ishlaganda 14 soatga yetadi. U Android 4.3 Jelly Bean operatsion tizimida ishlaydi. S580 smartfoni Rossiyada taxminan 175 dollardan sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz,Lenovo S580 smartfonining xususiyatlari yaqindagi Samsung taqdim etgan Galaxy Grand Prime bilan o‘xshash.Biroq,Samsung ozroq kuchli va u Hindistonda 250 dollardan sotilmoqda.