Qadrdonim ...... ga
Goho aylanarsiz o'zga insonga , Sizdan xushnudini topib bo'lmaydi. Yuzingizdan nur taralganda ham , Ko'zlaringiz bir kulib qo'ymaydi.
Kuling ,kulgingizdan dunyo titrasin , Mayli yig'lasangiz daryo bo'lib ham. Mayli nigohizga berkiting sirni , Faqat ko'zlaringiz kulib qo'ysa bas.
Xushnudsiz davrada sho'x kulgilardan, So'zingizla bog'laysiz har pok ko'ngilni . Hayo pardasidur xos xislatingiz , Bilmam ko'zlaringiz nechun kulmaydi.
Doimo ikki xil bo'lib yashaysiz, Birda mehr ila kulib qaraysiz, Birda boqishingiz titratar jonni, Ammo shunda ham bir kulmaysiz.
Sirlisiz siringiz o'rtar bu dilni , Ne qilish darkordir ko'zlar kulsin deb, Qay manzilga bormay, kimlarni ko'rmay , Mahzun ko'zlar doim eslatar sizni.
Menga o'rgatgansiz dildan har ishni , "Ko'zlarga tik boqmagin o'rgan kulishni" Inson mehri asli ko'zlarda bo'lar, Yurak unga doim payvasta bo'lar.
Ko'zlaringiz bo'ldi menga ziyo,nur Men o'zimga oldim ta'lim va huzur. Ko'zlaringiz kulsin deb jonlar halakdur, Yo'lin topa olmay kuldirguvchi ham.
O'rgandi ko'zlarim kulishni dildan, Har kimga shavqatli bo'lishni sizdan Tomar doim chexrangizdan ezgulik nuri, Lek ,nechun ko'zingiz hamon qayg'uli ...
|