Ular bir-
birlarini
juda
sevishardi. Shunchalik
sevishardiki, tasavvur qila
olmasdilar hayotlarini
bir- birlarisiz. Ular ikkisiyu,
dunyoda boshqa hech
kim yöqdek tuyulardi birga
bölishsa...
*Közlaringni yum* derdi har safar
yigit. Shunday
derdiyu qiz közini ochganda
qölida gul va chiroyli sovg'alar
tutardi unga. Qiz har gal yigitdan
közlaringni yum degan sözlarni
eshitganida
qalbiga shu qadar sevinch tölib
ketardiki, bu
sevinch uning shaxlo közlaridan
nur bölib
yog'ilardi yigitga. Yigit shu
közlardagi nurni
sevardi. Shuning uchun har gal
qizga yangi va kutilmagan
narsalar sovg'a qilishga urinardi u.
Shunaqa beg'ubor edi ularning
muhabbatlari...
Vaqtlar ötaverdi. Kun kelib, yigit
uzuk xarid qildi.
Uchib borgisi keldi qizning yoniga.
Borsada
*közlaringni yum* desa, qiz
közlarini ochganda
uzukni tutib turmushga chiqishni
taklif etsa... Qiz qanchalik
quvonadiya. Uchrashuv belgilandi.
Qiz
vaqtliroq kelib kuta boshladi. Yigit
ham körindi.
Qöllarida qiz sevgan qip-qizil
atirgullar. Oshiqlar
bir-birlariga talpindilar. Yigit
lablarida tabassum
b-
n qizga termulib kelardi. Butun
hayoli qizda edi va voqe'likni bir
zumga unutib qo'ydi. Shu bir
zumlik
loqaydlik uchun taqdir uni
jazoladi. Taqdir chizig'i
belgilagan ekan, köchadan
ötayotgan yigitni
mashina urvordi. Atirgullar
havoga uchdi. Yigit
ancha narida qip-qizil qonga
belanib yotardi. U
boshini qiz tomonga burib
nigohlari b-n uni qidirdi. Qiz
yig'lardi... U yugurib kelib yigitni
quchog'iga oldi. *Yig'lama tentak
qiz, men
yaxshiman* dedi yigit qizga
shivirlab. Ularning
atrofida tezda odam töplandi.
Yigit bn qiz esa bir-
birlariga jim termulib turardilar.
*Közlaringni
yum* dedi nihoyat yigit qizga. Qiz
yigit aytgandek közlarini yumdi.
Ochganida...
Ochganida endi yigit yo'q edi. Ajal
farishtalari bir
zum kutmadilar, ishlari ham
bölmadi bu gözal
sevgi bilan. Qiz umrida birinchi
bor közlarini
yumganidan afsuslandi. U
yig'lardi... O'ksinib
yig'lardi...