Ko'zlari ko‘r bo‘lgan tilanchi yo‘l chetida o‘tirardi. Oldida kichikkina to‘shalgan gilam, pullarni solish uchun idish va – "Mening ko‘zlarim ko‘r, iltimos yordam bering”, deb yozilgan kattagina qog‘oz bo‘lardi.
Lekin, odamlarning ko‘p qismi unga e’tibor qilmasdan o‘tib ketishar edi.
Keyin esa bir qiz uning yoniga kelib qog‘ozdagi yozuvni boshqasiga almashtirib qo‘yadi. Buni sezgan qariya tilanchi esa qizning oyoq kiyimini ushlab ko‘rib uni eslab qoladi.
Odamlar qog‘ozdagi yangi yozuvni o‘qib tilanchiga ko‘proq pul bera boshlashadi. Deyarli, har bir yo‘lovchi qariyaning idishiga pul tashlab o‘tadi.
Shu kuni kechgi tomon o‘sha yozuvni boshqasiga almashtirgan qiz qariyaning yonidan o‘tayotganda tilanchi chol uning qadam tovushlaridan taniydi va to‘xtatib oyoq kiyimlarini ushlab ko‘radi. Keyin so‘raydi:
–Qog‘ozdagi so‘zlarni almashtib ketganingizdan so‘ng odamlar juda ko‘p pul berishdi. Unga nima deb yozganingizni ayta olmaysizmi?
Qiz esa javob beradi:
–Shunchaki, siz yozgan so‘zlarni ta’sirlirog‘iga almashtirib – "Bugun kun yaxshi, lekin men u