Assalomu alaykum aziz saytdoshlar bu safargi sherimni o'zbegim mart erkaklari uchun yozdim marxamat o'qib baxo berilar. ASLI ERKAK BO'LUR KO'CHA KO'RGANLAR.
Xayotda o'rnini topa bilarlar. O'zidan kattani xurmat qilarlar. Oq va qorani farqiga borar. Aslida erkak bo'lur ko'cha ko'rganlar.
Xayotning pastu balandin ko'rgan. Yashash uchun ko'p bora qoqilib bo'lgan. Muximi o'zidan o'zini topgan. Xaqiqiy erkak bo'lur ko'cha ko'rganlar.
Yaxshi va yomonni farqlay oladi. Sevgidan g'ururni ustun biladi. Qilgan maqsadiga albat yetadi. Qizlarga cho'qinmas ko'cha ko'rganlar.
Ko'cha _kuyda mag'rur yuradi. Oilasini ximoya qila oladi. Qayerda bo'lmasin oilam deydi. Asli erkak bo'lur ko'cha ko'rganlar.
Otansini yuzini yerga qaratmas. Onasini o'zgaga xo'rlatib qo'ymas. Singlisin chet elga aslo yubormas. Oila shanini saqlar ko'cha ko'rganlar.
Xox vatanda xox chet_da yursin. Xalol non topib mexnat qilarlar. Yomonlik ulardan uzoqroq yursin. Asli erkak bo'lur ko'cha ko'rganlar.
Dushmanlari ko'p lekin qo'rqmaydi. Yo'qchilik kelganda yig'lab yurmaydi. Tupikdan yo'l topib chiqib ketganlar. Asli erkak bo'lur ko'cha ko'rganlar.
G'iybat nima aslo bilmagan. O'zgani ortidan toshlar otmagan. Do'stlari safidan sira qolmagan. Asli erkak bo'lur ko'cha ko'rganlar.
Begzodning bu sheriga jaxil qilmanglar. Xaqiqatni yozdim yolg'on demanglar. Maylida yoqmasa izox yozmanglar. Xaq gapni tan olar ko'cha ko'rganlar.
Xammaga xurmat ila: RAXIMDIL_OSHIQ yani Begzod_Bek.
|