Ma’lum bo‘lishicha, Nabbax aprel oyining boshida Kim Chen In surati tushirilgan posterni salon vitrinasiga joylagan. Posterda “Sochingizdan ko‘nglingiz to‘lmayaptimi? Aprelda erkaklar sochini kesish 15% chegirma bilan” shiorini o‘qish mumkin.
Ikki-uch kun o‘tib sartaroshxonadan bir necha kilometr masofada joylashgan KXDR elchixonasi vakillari yetib kelishdi va reklama plakatini olib tashlashni so‘rashdi. Biroq muassasa xo‘jayini bundan bosh tortdi.
“Men ularga biz Shimoliy Koreyada emas, Buyuk Britaniyada ekanligimizni eslatib qo‘ydim”, — dedi Nabbax jurnalistlarga bergan intervyusida. U o‘z harakatini noto‘g‘ri deb hisoblamaydi va reklama kampaniyasi natijalaridan mamnun: uning sartaroshxonasi va Kim Chen Inli plakati shaharning diqqatga sazovor joyiga aylandi.
London politsiyasi har ikkala tomon bilan gaplashgani, biroq ular o‘rtasida kelishuv o‘rnata olmaganini ta’kidladi. KXDR elchixonasi esa hodisani izohlashdan bosh tortdi.