Ko’m ko’k ro’yi muzlagay daryo..
Sirlashgaysan endi tun bilan..
Yuragingda balchiqlar paydo..!
Ketgayman men,nohush entikib,
Qo’l siltama,tilama oq yo’l..
Hijronlarni qo’yganman ekib,
Doim ular,qadirdoni bo’l..!
O’sha sohil,oy chiqqani dam,
Sog’inch ila,eslagil meni..
Hatto g’amlar soya solsa ham,
Idrokingni olmasin seni..!
Men ketgach so’ng,achinma zarra,
Yoshlaringni to’kmagil bisyor,
Betoqatman..sensizlik menda..
Balki zulmat chiqargay qaror..!
Ketgayman men,tugamoqda shom,
Dardlarimni ko’rolmam baham..
Hiyonatni to’larsan oqshom..
Belanchakning yonida erkam..!
Ketgayman men,sabrlar tilsiz,
Yo’qotgandek qalbda oqqushni..
Sokinlikla yurakning u kez..
Nidolari yo’qotgay hushni..
Azob chekma qaynoq qirg’oqda,
Visollarni bahorda kutma..!
Ichaylik kel vidoli chog’da,
Ma’yusgina mehrim unutma..!
Axir jonim,kutamiz neni,
Qiynoqdaman..chiqarolmay un…!
Qaytarolmas hech narsa meni..
Balkim..balkim qaytib kelarman bir kun..!
Muallif:EL_SHaFeY