Kerakmas,ortingga boqma qayrilib,
O”tgan hislarimni qo’zg’ama ortiq,
Kerakmas,so’zlaring so’zlama yolg’on..
Faqat,alvidolar qilaqol..tortiq..
Kerakmas,Eslama,yodlamagin ham..!
Ayro yo’llaringdan solmagin qiyo..
Menga azoblaring tashlab ketgan dam..
Yurakda so’ngandi..sen sochgan ziyo..!
Kerakmas..yonishing ishqim taftida..
Kerakmas..yashashing yolg’iz meningchun..
Nigohim kerakmas ortiq eslashing…!
Qadrli bo’lolmam ortiq seningchun…
Hissiz davralarda qolgan kezlaring..
Eslagil..bir bora bedor hislarni…
Bilgil..yuragimda qolgan izlaring..
Yo’qotgan..o’shal dam afsuslarini..
Eslagin..har safar..munis tunlarda..
Eslagin..hislarga ishonganingda..
Eslagin..Iztirob chekkan kunlarda..
Kimdir og’ushida quvonganingda..
Nogoh ko’zlaringda to’lganida yosh..
Eslagin..zor qaqshab bo’lganda ojiz..
Kulfat onlarida yetmasa bardosh..
Eslagin..Tunlarda cheksang gar afsus..
Mahzun bo’lib boqqan ko’zlarim asli..
Sensiz qolganida..bejonlar bo’lgan..
O’shandan begona menga ishq fasli..
O’shandan..yurakda zardoblar to’lgan..
Xayqirgan..yuragim sog’inch muzlarin..
Ishqing..tafti bilan eritolsayding..!
Bilsayding..o’sha kun..tishlangan labim..
Kimnidir o’pganda yodga olsayding..
Avlido..so’zingni jimgina tinglab..
Bilsayding..ortingdan hayqirganimni..
Bilsayding..sensizlik neligin anglab..
Bilsayding..sendan so’ng yiqilganimni..
To’y kining..bir chetda kuzatgancha jim..
Bilsayding..eng baxtsiz bo’lganin hislar..!
Yo’q..edi bilsayding mening ilojim..
Hamon..o’shal azob..bir meni izlar…!
Kerakmas..sen ortiq berma menga jon..
Kerakmas..ishqimiz bo’lgan afsona..
O’ylama..unutgan ishqimni debon..
Erkinda qolgani..sendan nishona
Muallif:SODIQLIK