Главная » 2012»Июнь»16 » Sen befavo, zolimni, kechirmahman hech qachon!
16:28
Sen befavo, zolimni, kechirmahman hech qachon!
Sevdim sen so'zlaringni ,yolg'onlariga uchib. Endi sensiz qoldim kuyib, hijronlarga bag'rim ochib. Qo'llarimda surating kulib turar men tomon. Tunlar qarab yig'layman armonim deya quchib.
Sochlaringni siypalardim, kafting bosib bag'rimga. Ko'zlaringga hech to'ymasdim qaragandek baxtimga. Isming ketmas yurakdan, qalbda bitmas jaroxat. Endi netay davolarni qaydan topay dardimga.
Tonglar uyg'onarman jim izlab yonimdan seni. Savol berib o'zimga, mening sevganim qani. Tan olgim kelmaydi hech, naxotki tashlab ketding. Bu savollar kundan-kun yemirib borar meni.
Sevmasang nega meni bunchalar sarson qilding O'zgalar davlatidan, sevgimni arzon bilding. Nozlanishlar, kulishlar, naxot endi begona. Muxabbatimni toptab, sevgim ustidan kulding.
Ko'z o'ngimdasan ketmaysan, hayolimdasan hamon. Men ham baxtim toparman, bir kun albatta ishon. Lekin hech unutmagim, senga so'nggi so'zimni. Sen befavo, zolimni, kechirmahman hech qachon!