1.Issiq vanna qabul qiling,xushböy yog'lar bilan bölsa yanada yaxshi.Bu sizning tinchlanib,qayg'uyingizni unutishingizga yordam beradi. 2.Töyib uxlab oling.Ba'zan horg'in,tushkun yurish uyquga töymaslikdan kelib chiqadi. 3.Sport bilan shug'ullaning.Yomon kayfiyatda hech nima yoqmaydi,ammo har qanday jismoniy harakat salbiy xislatdan chalg'itadi.Axir sog' tanda sog'lom aql. 4.Agar kayfiyatsizlik uzoq davom etsa, sinalgan shu usulni qöllang: öz imijingizni özgartiring - yangicha liboslar tanlang yoki gözallik salonida yangicha soch turmagi qidiring. 5.Yaqin dugonangiz yoki döstingizga telefon qiling.Shunchaki suhbat,yangi mish - mishlar sizni yomon öylardan chalg'itadi. 6.Mehmonga boring yoki uyingizga mehmon chaqiring.Diqqatni atrofdagilarga yönaltirish bizni hozirgi omadsizlik,tushkunlik holatimizni unutib,hayotga,boshqalarga qiziqishni oshiradi. 7.Faqat yaxshi narsalar haqida öylang.Oilaviy albomni varaqlang,suratlarga qarab,ösha vaqtlardagi qiziqarli voqealarni yodga oling. 8.Hozirda urf bölgan autotrening bilan shug'ullaning: hayot gözal,ajoyib,faqat yaxshilik,quvnoqlikdan iborat degan fikrni özingizga singdiring va bir kuni shunga töliq ishonib qolasiz. Özingizga va hozirgi vaziyatga chetdan qarab köring.Kayfiyatingiz tushishiga nima sabab deb özingizdan sörab köring.Balki bu siz öylaganchalik fojia emasdir?Har narsaga chora bor. Men qöshayotgan ma'lumotlar sizlarga yoqyaptimi?Köproq qanaqa ma'lumot qöshay?Kamchiliklar bölsa ayting.Men uchun har bir fikr alohida ahamiyatga ega.E'tibor uchun raxmat.
|