Eh, futbol, futbol! Naqadar
jozibador va birinchisan.
Hozirgina mening “Real”im
haqiqiy romantika qanaqa
bo’lishini ko’rsatdi. Atigi 90
daqiqada shuncha voqea. Go’zal!
Maur yana aytganini qildi va
Adanni tushirdi. Lekin taqdirdan
qochib bo’ladimi? Iker baribir
tushishi kerak ekan bunga
Adanning o’zi qolaversa hakam
Iglesias Vilyanueva sababchi
bo’ldi. Dastlab Madrid hisobni
ochdi. Keyin 5- daqiqadayoq o’z
xatosi bilan Adan chetladildi.
Bernabeu Ikerni kutib oling! Mana
sizning yoqimtoyingiz va
ramzingiz qaytmoqda! Ko’klarga
ko’tarilgan “ramz” tushdiyu
Adanning qovunini tushirdi. Biroq
uni ko’tarib olishga raqiblar
sustkashlik qilishdi. Ozil ikkinchi
bo’limda yuksak texnika sohibi
ekanligini eslab qoldi, CR7 esa
jamoa uchun borini berdi. Balki
ertaga “oltin to’p” topshirilishini
eslab qolgandir. Darvoqe “oltin
to’p” o’sha har doim ham o’z
egasiga berilavermaydigan sovrin
haqida ikki og’iz so’z. Uni
futbochining bir yil davomida
ko’rsatgan o’yini, erishgan
yutug’ining salmog’iga qarab
berish kerak emasmi?! 2010 yilda
futbol olamining eng yuksak
turniri Jahon chempionati bo’lib
o’tdi. Chempionat yangi
yulduzlarni kutilganidek kashf
etmagan bo’lsada yangi jahon
chempionlarini tanishtirdi
ommaga. Oddiy haqiqat bo’lgan
champion tarkibidan eng zo’rni
tanlash aksiomasiga amal
qilinmadi. U holda klublar
o’rtasida eng nufuzli bo’lgan
turnir g’olibiga berildi dersiz. Yo’q
har ikki chempionatda va o’z
milliy chempionatlarida zo’r
bo’lganlar Robben va ayniqsa
Sneyder nomzodlar ichida ham
yo’q edi. G’alati qaror Messi eng
zo’r. Uninig iqtidoriga gap yo’q
lekin o’sha yili erishgan yutug’i
faqat Ispaniya chempionligiyu
JCHda BUYUK MARADONA
tomonidan U aniq keyingi o’yinda
gol uradi degan ishonchini oqlay
olmagani edi xolos. 2009 va 2011
yillarda katta turnirlar
o’tkazilmaganligi va g’olib nomi
Chempionlar ligasidagi ishtirokiga
qarab aniqlanishi mantiqiy
bo’lganligidan(Libertadores
kubogi bu borada Chempionlar
ligasiga tenglasha olmaydi!!!)
Buyuk Messining eng zo’r deb
topilishi to’gri qaror edi. Ertaga
2012 yilning eng zo’ri aniqlanadi.
Agar yana Messi eng zo’r bo’lsa u
holda futbol ko’rishdan umuman
futbolga aloqador bo’lishdan
hech qanday quvonch ololmasam
kerak. Ha, bahorda yarim finaldan
chiqib ketganidayoq agar shu
holda ham Messi zo’r bo’lsa men
futboldan uzoqlashaman
degandim. Chunki uning hisobida
faqat Ispaniya kubogidan
boshqasi bo’lmas edi. Qolaversa
yozda yana bir yirik turnir Evro
kutib turgan edi. Men bu yilgi
sovrinni CR7, Pirlo, Drogba va
Iniestalardan qaybiriga berishni
bilomagan bo’lardim. Har holda
nomzod topalmay Messiga berib
yubormas edim. CR7 Ispaniya
chempioni bol’di, CHLda yarim
finalgacha olib chiqdi “Real”ni,
Evroda yarim finalgacha olib
chiqdi Portugaliyani va hujumchi
bo’lmay turib Ispaniyada 45 gol
urish… Pirlo haqiqiy iqtidor va
jamoasining miyasi. Italiya
chempioni va Evro finalchisi.
Drogba necha yildan beri bechora
milliarder kutgan quloqlari katta
va Ramosga berib bo’lmaydigan
kubokni qo’lga kiritishda haqiqiy
jang qildi. Iniesta Evro chempioni
va shunchaki haqli nomzod. Agar
Iniestaning hizmatlari yozda
taqdirlanganini hisobga olsak
nomzodlarimdan faqat ugina
o’sha oltin to’pni olmasa
achinmayman. Messifan yoki
Messimanlar qandaydir rekordlar
yangilanayotganini aytishsa ham
tan oling Messi ko’p gol urgani
bilan bu yil sovringa munosib
emas. CR7 ham 2011 yil uddalash
qiyin bo’lgan 40 ta golni urdi
evropaning eng jozibador
chempionatlaridan birida(har
holda Qozog’istonda emas). Lekin
bu uning “oltin to’p” yo’lidagi
imkoniyatlarini oshirmadi. Bu
shunchaki shaxsiy rekord edi.
Messining bugungi goleadorligi
ham shunchaki shaxsiy statistika.
Erishgan yutug’i esa faqat
ISPANIYA QIROLLIK KUBOGI. Garchi
jarangdor eshitilsada top klublar
miqyosida 4-5- darajali natija
xolos. Umid qilamanki ertaga oltin
to’p egasini topa olmay
“dejurniy”ga berilib meni
futboldan sovi