O'timishim, bugunim har bir kunimda... Yonimdasan doim, shodlik, g'amimda... Onamdek mehribon, qalbing beg'ubor... Jonim singlim mening, tanho singlim...
Bolalik yillarimiz, baxtiyor damlar... O'ynadik, quvnadik beg'am azizam... Urushdik, yarashdik qayta-qaytalab... Jonim singlim mening, tanho singlim...
Ko'p bora ranjitdim, ko'nglingni bilmay... Ba'zida ataylab ko'zlaring yoshlab... Hijolatman bugun, kechir farishtam... Jonim singlim mening, tanho singlim....
Yig'lasam yonimda, bo'lasan giryon... Qiynalsam tunlari, bedor yig'laysan... Qo'lim tutib, menga suyanch sen bo'lding... Jonim singlim mening, tanho singlim....
Dardlarim aytib, to'yib yig'lasam... Bag'ringga bosib, yuzimdan o'pib... Siqilma opajon, taqdir bu deysan... Jonim singlim mening, tanho singlim...
Bemor bo'lib to'shakda yotsam sarg'ayib... Bedavo dardimning, dastidan kuyib... Azobim malhami shirin so'zlaring... Jonim singlim mening, tanho singlim...
Orzuyim sen bilan, bog'larda yursam... Qo'lingdan ushlab, tog'larga chiqsam... Ortingdan quvlab, uzoq yugursam... Jonim singlim mening, tanho singlim....
Hayot yashashimga bermasa imkon... Umid to'la nigohing, yashashga undar... Baxtingni ko'rish, aylasin nasib... Jonim singlim mening, Fariha singlim...
Umidabonu... 02.07.2012...
Hurmatli Javohir aka bu she'rni singlimga atab yozganman...! Agar lozim topsangiz saytga chiqaring...! Hamma singlisini yaxshi ko'rib, qadrlasin...! Hurmat bilan Umidabonu Abbosova...
|