Статистика XOZIR SAYTDA 1
MEXMON 1
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2013 » Март » 26 » JONIM MENING SHE"RIM..SEN BILAN HAYOT..!
23:19
JONIM MENING SHE"RIM..SEN BILAN HAYOT..!
Hayhot,she’rlarimni qopladi g’ubor..! Tovlanmaydi ular,endi rang-barang. Balki yangi yo’llar ochmog’im darkor, Izlaymikan yangi uslub va jarang..?! Ular yuragimning bitmas yarasi, Har satrim,jigarim qonidek qirmiz..! Ular she’rlar emas,qalbim porasi, Hanjarlar ko’ksimda qoldirmoqda iz..! Mavhum panjaralar,il’aks shoshirar, Ozodlik shulasi porlar tongimda. Alamlar to’lqini,biroz toshirar, Ular g’alayoni oqar ongimda..! Ma’yus muhabbatning tarannumini, Kuylaydi she’rlarim,takror va takror..! Ammo..!bosolmaydi yurak unini, Izohlar yetmaydi..birgina izhor..! Misralarim jinni..topolmay sog’in, Nomoyon etmoqda bugun san’atin..! Shuncha jabrlarga to’ymasdan tag’in, So’ylaydi.. Bevafo go’zalning hor muhabbatin..! Takrorlayman eski gaplarni tag’in, Yana ko’rinaman eski libosda. She’rimga joylangan har so’zim chog’i, Nomimni fosh etib qo’yar birpasda..! Nima qilay axir,qayta va qayta, Qarshimda ko’ndalang bitta muammo: Sevgilim,sha’ningga she’r ayta-ayta, Tanish hissiyotlar dardga mubtalo..! Ilhom farishtam deb atadim seni, Shoirlar bu gapni ketdilar ilib. Ketma-ket yozishib aziz nomingni, Satrga tiqdilar bir bezak qilib.! Yonishni o’rgatgan ko’zlaring,Hayhot..! Razillikka berdi parvoz nag’masin. Nozik san’atlarga bahsh etib qanot, Nafislikka bosdi qudrat tamg’asin..! Ammo men mag’rurman,bugunimda san, Garchi she’rim endi bog’lamas qanot. O’zgalarga bezak-so’z marjonisan, Mening she’rim esa seni bilan hayot..! EL_SHaFeY
Категория: SHERIYAT |
Просмотров: 3073 |
Добавил: El_SHafey
| Рейтинг: 0.0 /0
Всего комментариев: 16
Порядок вывода комментариев:
По умолчанию
Сначала новые
Сначала старые
ne kuzizi aylanthras charos
IJODIZGA OMAD
YAXSHI
like
Ilhom farishtam deb atadim seni, Shoirlar bu gapni ketdilar ilib. Ketma-ket yozishib aziz nomingni, Satrga tiqdilar bir bezak qilib.! Yonishni o’rgatgan ko’zlaring,Hayhot..! Razillikka berdi parvoz nag’masin. Nozik san’atlarga bahsh etib qanot, Nafislikka bosdi qudrat tamg’asin..! Omad
яхши чик,ибди
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[
Регистрация |
Вход ]
2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz