Soch ham bir husn, ayniqsa milliylik ufurib turadigan o’zbekona go’zal qizlarning go’zalligida uzun, qalin, sog’lom sochlarning o’rni bo’lakcha. Sochlariga qanday parvarish qilishni foydali va oddiy usullarni qidirayotgan gul qizlarjonlarga yengillik yaratish maqsadida sochlar parvarishi haqida mazmunli maqola tayyorlashga harakat qildik.
• Sochingizni yuvayotganda mazkur qoidaga amal qilishga odatlaning: soch yuvishda suv harorati 35-45 daraja oralig'ida bo'lishi lozim. Sochlar qancha yog'li bo'lsa, suv harorati shuncha past bo'lishi kerak. Ko'pchilik ayollarimiz esa aksincha sochlarini boshni kuyadigan darajada issiq suvda yuvishadi. Sochingiz jilvakor bo'lishi uchun ularni yuvib bo'lgach, 1 litr suvga 1 choy qoshiq sirka yoki limon kislatasi qo'shilgan suvda chaying.
• O'ta qazg'oqlangan, shuningdek tez to'kiluvchi sochlarga davo sifatida yangi karam sharbati boshga edirtirib suriladi.
• Bunday xollarda darrov uchi tomondan kesish kerak. Gullaganda o'sishi xam biroz sekinlashadi va nursiz bo'lib qoladi.
• Sochlaringiz go'zal bo'lishni istasangiz, tanovul qilayotgan mahsulotlaringizga ahamiyatli bo'ling.
• Sochlar to'kilishiga qarshi marganes yaxshi foyda beradi. U — dukkakli mahsulotlar, olma, olho'ri,
salat barglari, selderey, qorag'at (smorodina), lavlagi, baqlajonda bo'ladi.
• Kremniy sochlarni «gullashi», sinishidan asraydi. Non, bodring, qovoqcha, pomidor, rediska kremniyga boy.
• Qazqoqdan qutilishni istaganlar uchun esa oltingugurt kerak. Tuxum sarig'i, sarimsoq piyoz, piyoz, dengiz mahsulotlari oltingugurtga boy.
• Tezda yog'lanib ketaveradigan sochlarga xantalli qo'lbola shampun yaxshi natija beradi.
• Buning uchun ikki litr iliq suvga bir osh qoshiq xantal kukunini solasiz va shu aralashmada sochlar yuviladi. Bunday shampunni qo'llagandan keyin sochlarni noxush yog'lanishidan ancha vaqtgacha xalos bo'linadi.
• Londonlik mutaxasislarning aytishich, kalta sochlar uchun 6 ml (1 choy qoshiqdan biroz ko'p), o'rtacha uzunlikdagi sochlar uchun 8 ml (1,5 choy qoshiq), uzun sochlar uchun esa 10 ml (1 osh qoshiq) shampun yetarli. Uni sochlarga bir tekis surtib, so'ngra aylanma harakatlar bilan ko'pirtirish lozim. Shampunni boshda ortiqcha ushlamang, bundan sochlar og'irlashib qoladi. Sochni shampun bilan yuvgandan keyin bir necha marta iliq suvda chaying. So'ngra soch ildizidan bir santimetr yuqoridan boshlab, unga balzam yoki konditsaner surting. Sochlaringiz salomat va go'zal bo'lishini istasangiz, ularga mos keladigan shampun tanlashingiz zarur. Masalan, quruq sochlarga mo'ljallangan shampun tarkibida parvarishlovchi vositalar bor. Yog'li sochlarga mo'ljallangan shampunlarda esa yog' ajratilishini nazorat qiluvchi qo'shimchalar bo'ladi. Biror bir shampunni ishlatganingizdan keyin boshingiz qichishsa, u sizga mos kelmaydi.
• Soch yuvishda shampun o'rnida kuyidagi tabiiy vositalardan foydalanish mumkin: Qadimdan qo'llanib kelingan vosita – qatiq xaqiqatdan xam sochga juda foydalidir. U soch tolalarida uziga xos qobiq xosil qilib, uni turli zararli ta’sirlardan ximoya qiladi, oziqlantiradi. Qatik sochga 20 – 30 daqiqaga surtilib, so'ng shampun bilan yuviladi.
• Tuxum xam soch yuvishda ajoyib vositadir. Uning tarkibida barcha foydali aminokislotalar mavjud Ishlatishdan oldin ozgina ili k suvda kupirtirilib, sochga surtiladi.
• Tuxum kupirtirilib, 1 choy qoshiq spirt va bir – necha tomchi limon sharbati qushiladi. Aralashma bosh terisiga va soch tolalariga surtiladi. Bu vosita yogli sochlar uchun tavsiya qilinadi.
• Sochni muntazam ravishda oziqlantirish uning yaxshi usishiga sharoit yaratib, uning jilvakor, soglom bulishini ta’minlaydi. Bunda quyidagi soch nikoblaridan foydalanishingiz mumkin: Sabur nikobi: 1 osh qoshiq asal, 1 osh qoshiq sabur (aloe)
• Sharbati, 1 choy qoshiq qirrichdan utkazilgan sarimsoq(chesnok) va tuxum sarigi. 20 daqiqaga surtiladi. Bu nikob yog’li sochlar uchundir.
• Asalli nikob: 2 choy qoshik asal, 2 ta tuxumning sarigi va ozgana kanakunjut moyi. Bu niqob soch tukilishida, kazgokda yaxshi samara beradi. 40 dakikaga surtiladi.
• Vitaminli nikob: 1 ta tuxumning sarig'i, 1 osh qoshiq usimlik moyi va bir – necha tomchi A va V vitaminlari qushiladi. 30 – 40 daqiqadan sung yuvib tashlanadi.
• Kartoshkali niqob: xom kartoshkaning 2 osh qoshiq sharbati, 2 osh qoshiq sabur sharbati va 20 gr. asal. Aralashma soch ildizlariga uqalab surtiladi va 2 soatga issiq qilib uraladi. Bu nikob soch tukilishida qullanib, xaftada 2 marta foydalanish lozim.
• Konyakli niqob: 4 osh qoshiq asal, bir ryumka konyak, 1 ta tuxum sarig’i. Bir xil massa xosil bulguncha kupirtiriladi. Sung 25 daqiqaga issiq qilib urab quyiladi. Bu niqob sochlarga chiroyli jilo beradi.
• Zaytun niqobi: isitilgan zaytun moyiga 1 choy qoshiq limon sharbati, tuxum sarigi va bir – necha tomchi A vitamini qushiladi. Ilik aralashma sochlarga, bosh terisigasurtilib, 1 – 2 soat davomida ushlanadi. Kuruk sochga ega qizlarga bu niqobdan foydalanishlari mumkin.
Pop tumani Chorkesar qishlog’i
Jaylobova Qamara Yorqinboyb qizi