Jahon chempionatining final bahsi yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi (14-iyul) Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, Ritssoli 2013-yil Chempionlar ligasi finalini ham boshqargan edi.
Ushbu mundialda italiyalik hakam uchta o‘yinni boshqargan. Ispaniya – Gollandiya, Nigeriya – Argentina va Argentina – Belgiya. Final o‘yini Ritssolining Argentina terma jamoasi ishtirokidagi 3-o‘yinni boshqarishi bo‘ladi.
“Kun”ning qo‘shimcha qilishicha, bukmekerlar Ermatovning imkoniyatini finalga da’vogarlik qilayotgan 15 hakam orasida eng yuqori baholashayotgan edi. Bundan tashqari, Ispaniyaning AS nashri Germaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasida kechadigan JCh — 2014 final bahsini boshqarish uchun Ravshan Ermatovning imkoniyatlari yuqori ekanini ta’kidlagan edi.