Главная » 2013»Май»11 » JAHANNAM SARI yohud TURFA TAQDIRLAR (6-qism)
23:09
JAHANNAM SARI yohud TURFA TAQDIRLAR (6-qism)
Nihola turgan joyida qimirlamasdan turardi..Haligi yigit esa unga yaqinlashib qo’lini uzatdi -Avvalo tanishib qo’yaylik,mening ismim Ahmad. Nihola uning uzatgan qo’lini javobsiz qoldirdi-da,yerdan ko’z uzmasdan dedi -Rahmat..mening ismim Nihola.. Ahmad hayron bo’lgancha,qo’lini tortib oldi-da so’ng so’zida davom etdi.. -Men ham sizdan aynan shuni kutgan edim..Sababi men umuman sizga yeti yot begona odamman,mendan qo’rqishingiz va o’z navbatida hadiksirashingiz tabiiy holat..SHuning uchun ham sizning holatingizni yahshi tushunaman..Men sizga o’z tashakkurimni izhor qilish uchun keldim..Maqsadim shu edi holos..!Meni to’g’ri tushuning.. Nihola bosh silkib qo’ydi holos.// -Aytgancha o’sha kuni siz hayron bo’lsangiz kerak,.nima uchun meni ketimdan quvib kelishganida..O’zingiz so’ramasangiz ham aytib berishimga ijozat bering.. -Mayli dedi Nihola -Unda eshiting..Bilasizmi mening otam shu yerdan 7 chaqirim naridagi mahallaning eng badavlat do’kondorlaridan biri edi..Bu yer Tehron bo’lgani sababli bu yerda kim davlandmand bo’lsa uning albatta raqibi hatto o’ldirishgacha bo’lgan choralarni ko’radi..SHu sababmi men maktabni bitirar bitirmas,ko’cha bollariga qo’shilib qoldim..Ular bilan o’tgan kechalarda Qimor,bangilik va qoradori savdosigacha bosh squib chiqdim..o’z o’zidan kelib chiqadiki,o’tgan kecha meni ta’qib etgan yigitlar bilan oldi-sotdida biroz kelishmovchilik bo’lgan edi..SHu sababli men aynan hozir sizining qarshingizda turibman… NIhola yigitning so’zlarini angladi.. Avvalasiga oddiylik bilan boshlangan suhbatlar qizg’in tus oldi..Oradan esa kunlar birin ketin o’ta boshladi..Barcha narsani aynan oddiylikdan boshlanishi tabiiy holat ekanligi ayon bo’lgani holda bu suhbatlar Niholaga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmadi..Endilikda u kechalari telefonda bo’lsa-da yigitning so’zlarini eshitgisi,uning yonida bo’lgisi kelar..Beihtiyor boshlangan ishq ertagi esa uning boshini ayovsiz aylantirar edi.. Oradan odatiy tarzda 6 oy vaqt o’tgandan so’ng Ahmat o’sha Nihola kutgan so’zni aytdi.. "Seni sevaman..”ushbu so’zlardan so’ng esa Nihola unga turmushga chiqishga rozi ekanligini ham yashirib o’tirmadi.. To’y ham bo’lib o’tdi..Nihola bahtiyor edi..Ahmat unga har hil sovg’alar berishdan to’htamas,tabiiyki bu ishi bilan Niholani ko’nglini bir qarashda topgandek edi..Ammo o’zbek oilalaridagi oddiygina tabiiylik yetishmasdi holos bu oilaga..Uning qaynotasi bo’lmish Muhammad Taqin esa keliniga benihoya mehribon,Qaynonasi Ashraf ham aynan u istagandek qaynona edi.. Ammo naqadar tezlikda osongina erishilgan bunday bahtga darz ketishini sho’rlik qiz qayoqdanam bilsin.. Ahmadning bu uydan tashqari yana Tehronda ikkita hovlisi bo’lib,tashqi ko’rinishi ko’rimsiz bo’lsada,ichkaridan did bilan bezatilgan bir honadoni Nihola yashaydigan mahallada joylashgan edi..Ahmad u yerga tez tez har hil yumush bilan borib turar,tabiiyki bu yumushlar Niholadan pinhon edi.. Bir kini ertalab uyg’ongan Niholaning qulog’iga ayol kishining faryodi eshitila boshladi.. Nihola tashqari oynadan ko’chaga boqdi..Honadon ostonasida bir sochlariga oq oralagan ayol, Tashqi kiyinishidan uning nochorligi aniq bilinib turardi..U ayol honadonning ostonasini mushtlagancha qichqirardi -Doood…Hamadonlikning dastidan doood…Haloyiq davlandmandlarning dastidan dood..! Uning atrofini birpasda qo’shni ayollar o’rab olishdi.. U ayol esa yerni tirnagancha qon yig’lar..Qichqiriqlari esa olamni larzaga solgudek edi.. -Voy doood…Haloyiq..!Qizimning nomusini barbod beribdilar..!Guldek qizimni beparda qilibdilar..Bu davlatda qonun bormi..?!Hudoni ko’rsatgani bormi ablahlarga..?! Niholani ushbu so’zlar karaht qilib qo’ydi.. U o’z o’ziga ishonmas,ushbu muommo asli nimada ekanligiga benihoya qiziqar edi.. Miyasida esa fikrlar ayqash chuyqash holatda edikim,hatto o’z ongini idora qilishga-da o’zida kuch topa olmasdi.. "Kim bu ayolni bunchalar ho’rladi..Nahot men yashayotgan honadonda shu darajada pastkash insonlar bor..!Albatta buning tagiga yetishim lozim..” Bu orada hovlining qo’riqchilari haligi ayolni sudarb tashqariga uloqtirishdi.. Ayo lust boshi bilan tuproqqa ag’anagancha faryod solar.Uning holatini ko’rgan kimsa ko’ngli bo’shab ketishi tayin edi..Nihola umri bino bo’lib,ayol kishining bu qadar qaqshaganini ko’rmagan edi.. Oradan 2 soatlar vaqt o’tib,mahlla noziri eshikni taqqillatdi.. Eshikni honadon boshqaruvchisi va Muhammad taqinning o’ng qo’li,Mehmed ochdi.. -Salom mehmedbey..Ahmatbey uydamilar..?!dedi Nozir -Uzr ming bor Nozirbey..Ahmatbey ish bilan ketgan edilar..Menga ketishlaridan oldin Nazmiya idorasi meni yo’qlasa sen borib kelasan deb tayinlaganlar..SHuning uchun og’am nomidan barcha muommolarini hamin qadar yechimini topishga sizga yordamlashishga tayyorman dedi Ular ikkisi birgalikdan nazmiya idorasi tomonga ketayotgan mahal Nihola ham ularning ortidan bilintirmasan ergashdi.. Ular ikkisi birgalikdan piyoda ketib borardi..Nazmiya idorasi(Militsiya idorasi,Tehron shevasidan Nazimiya maqomida)honadondan uzoq emasdi..Bir pasda ular yetib kelishdi..Tashqarida haligi ayol ularni kutib turar edi.. Mehmed ayolga ko’zi tushgandan so’ng,Nozirni bilagidan tutib chetga tordi..Ular ikkisi allanimalarni uzoq gaplashishdi.. So’ng Nozir ayolni oldiga kelib so’zladi.. -Juda yahshi onajon..Avvalo bu ishlarni bo’lmagani yahshi edi..Endi bo’lar ish bo’libdi,qanday chora bor..Har ne qilganingiz bilan o’tgan narsa qaytib kelmaydi,,Og’oyi Muhammad taqin ishbu ishlar uchun qizingiz badaliga qancha bo’lsa berishga tayyor..shunga nima deysiz.? -Yo’q..aslo rozi emasman..Agar o’z gunohini yuvmoqni istasa qizimni siyg’a (vaqtinchalik muddat bilan shia mazhablarida o’qiladigan nikoh)tariqasida nikohiga olsin dedi Shunda Nozirning rangi o’zgardi -Menga qara sen..Ahmoq hotin ekansan..Aytayotgan gapingni o’ylab aytayapsanmi? Og’oyi Muhammad taqin qandaqa odamligini bilasanmi o’zi?U kelib kelib sening sharmanda qizingni nikohiga oladimi?Rozi bo’lsang hozir buyuraman senga qirq tuman pul beradilar..Rozi bo’lmay yana shallaqilik qiladigan bo’lsang esa seni chiqmaydigan qilib qamayman..Keying dardingni hudoyam eshitmaydi..! Haligi ayol holsizlanib yerga cho’kka tushib,nozirning oyog’ini quchdi -Iltimos Nozirbey,Qizim ahir endigina o’n ikkiga kirdi.. -Tur yo’qol shallaqi hotin..Nozir oyog’ini depsidi..Ayol yerga yuztuban yiqildi.. Mehmetbey esa cho’ntagidan 40 tuman pulni olib ayolni ustiga otib yubordi.. -Ablahlar..Vijdonni ham bu yerda sotib olish mumkun.Bir kuni hammang hudodan topasan..! Nihola bildirmasdan ortga qaytdi..Ustida yuzigacha yupib turgan hijob bo’lgani sabab uni Mehmetbey payqamadi.. Uyga keldi-yu,ongida haligi ayolni so’zlari aylanar edi.. "Nozirbey qizim endigina o’n ikkiga kirdi..!” …Nahotki shunday tubanlar orasida yashayapman..Nahot men ishonganlarim shunchalar pastkash..Kim edi u qizni bahtni buzgan.. Buni albatta tagiga yetaman..Albatta..!