Avvaliga o’yin,biroz sust boshlangan bo’lsa-da,birozdan so’ng o’yinga qizg’inlik qo’shila boshladi..Orif akaning boshlanishiga omadli bo’lgan yurishlari unga biroz ko’tarinki kayfiyat bag’ishlay boshladi.. -Bu juda ham jonga tegdi-yu,quruqqa bir birovimizga termulib o’tirishimiz nimasi..?Undan ko’ra o’yinga qiziqarliroq tus bersak bo’lardi.. Orif aka o’zining yutug’idan hursand holatda so’radi: -Biror taklifing bormi? -Menimcha o’rtaga biror narsani qo’ysak ancha o’yin jonlangan bo’larmidi..?! Orif aka o’ylanib qoldi-da,cho’ntagidan bir dasta pul chiqarib o’rtaga qo’ydi.. -Unaqada o’rtaga pul qo’yib o’ynaymiz..Ehtiyot bo’llaring yana cho’ntaklaring bo’shab qolmasin..! Deya qah qah otib kulgancha qartalarni suza boshladi.. O’yin esa brogan sari avjiga chiqib borar,Nihola bilan onasi esa narigi xonada yaratgan faqat Orif akaga insof berishini o’tinib so’rashar edi holos.. Avvaliga Orif akaning oldidagi pullar ikki xissa ko’paydi.. Bundan xurasand bo’lgan Orif aka o’yinga mukkasidan berilib ketib,o’zligini butunlay unutdi..O’rtaga tikilayotgan pullar uning ko’zini butkul ko’r qilib qo’ygan edi.. Oradan tahminan 2 soatlar vaqt o’tdi.. Endilikda Orif akaning oldida yig’ilgan pullarining barkasi ko’tarila boshladi.. Orif aka esa bundan tobora jazavaga tushar,nima qilayotganini o’zi anglamas edi.. -Orifxo’ja,mana barcha pullaringni yutkazib bo’lding..endi o’yinni tamomlasak ham bo’lar dedi ulfatlardan biri..Ammo pul achchig’ida jazavaga tushgan bu erkakga bu gaplar ta’sir kuchini o’tkaza olmadi.. -To’xta yig’ishtirma..men xali o’ynamoqchiman.. -O”zingni bos og’ayni..senda hech vaqo qolmadi..Nimani tikmoqchisan o’rtaga..?! Orif aka atrofga alanglay boshladi..Peshonasidan chiqib ketayotgan terni qo’li bilan artib,so’ng qo’lini musht qilgancha qartalarni ustiga urib: -Hech narsam qolmagan bo’lsa o’rtaga xotinimni tikaman dedi.. -Qo’ysangchi,jinni bo’lganmisan..?!O’zingni bos..!Ahmoqlik qilma deb uning qo’lini qartadan ola boshladi yonida o’tirgan ulfati.. -Qartada yutuqni olgan ulfatlaridan biri,esa -Qo’y,agar tikmoqchi bo’lsa tikaversin..!Qimorda balki shu orqali pullarini qaytarib olar..Shu asnoda yonida o’tirgan ulfatga ko’zini qisib qo’ydi.. Avjiga chiqqan o’yinning so’nggi yurishi boshlandi.. Barchaning ko’zi ularning qo’lidagi qartlarga tikilgan edi.. O’ratadi qartlar,esa… Orif aka qo’lidagi qartalarni olib,yerga tashladi.. Uning qartalariga qaragan ulfati esa qo’lidagi qartani yerga yoyar ekan,labidan qahqaha uchdi.. -Og’ayni.xotinni xam qo’ldan boy berding..endi nimang qoldi..?! Orif akaning ko’z oldida xona charxpalab bo’lib aylana boshladi.. Qo’llari bilan boshini to’sib,yerga qargancha xolsiz egilib qoldi.. -Endi og’ayni qimor bu qimor..Bu erkaklar o’yini..Lafzdan qaytish yo’q..Oxiri yahshi bo’lmaydi deb aytgandim-ku..! Orif aka shahd bilan o’rnidan turdi-da. -Men so’zidan qaytadigan erkak emasman.. Ichkariga eshikni qarsillatib ochib kirib ketdi.. Nihola onasining elkasiga boshini qo’yib,nimalar bo’layotganini ham anglamasdan o’tirar edi.. Onaning sho’r ko’z yoshlari esa yuzini yuvib,uning sochlarini jiqqa ho’l qilishga ham ulgurgan edi.. Orif aka onasining qo’llaridan yulqib tortgancha,o’rnidan turgazdi.. -Menga qara,seni qimorda yutkazdim..Endi bu yerdan ketishing kerak.. O’sha damdagi onasining ko’zlaridan yoqqan alam yoshlarini Nihola hanuz ko’z oldiga keltirsa eti jimirlab ketadi.. Onasini birinchi marotaba Orif akaning ko’zlariga tik boqdi.. -Men shu vaqtgacha sizni jufti halolim,oilamiz suyanchig’I deb hisoblardim..Qancha ho’rlsangiz ham,etimligimni yuzimga solishingizga ham chidadim..Siz uchun..xa faqat siz uchun chidadim barchasiga..Nima uchun..?Nahot sizni qanchalar hurmat qilib e’zozlaganimni sezmadingiz.. Nahot sizga taqdirini ishonib topshirgan ayolni bunchalar ho’rladingiz..Bugun o’sha barcha rishtalarni uzdingiz..Sizni o’zgarar degan umidlarim barchasini chil parchin qildingiz.. Oriyat qilmadingizmi..Yo’q siz ortiyat degan tushunchalardan ancha yiroqlab ketgan tuban kimsasiz..Men hozir ketaman..Qizimni olib chiqib ketaman..Boshqa qaytib kelmayman.,.Sizdek inson nimiga noloyiq kimsa bilan yashashga or qilaman..! Orif akaning kuchli tarsakisidan yerga yuztuban yiqildi.. -Qayoqqa ketasan yetimcha..Seni yutkazdim qimordan..Endi sen ularnikisan.. Orif aka uning sochlaridan changallab sudragancha,koridorga torqiladi.. Nihola onasinin qo’liga yopishgan edi,beliga tushgan tepkidan zor qaqshagancha yerga yiqildi Orif aka onasini sochidan sudrab xonaga olib kirdi.. -Mana yutuq sizlarniki..Men lavzidan qaytadigan erkakmasman Haligi ulfatlar esa,sharifa opaning holatiga qarab,boshlarini silkishdi.. Yutuqni yutgan erkak esa,uning hung bo’lib ketgan ko’zlariga tikilib turib kutilmaganda so’z boshladi.. -Orif..Men sening lafzidan qaytmaydigan erkak ekanligingni yahshi bilaman..Ammo o’z oilasini barcha narsaga alishadigan dayus ekanliginingni bilmasdim..Ayoling o’zingga buyursun..Men seni shunchaki sinagan edim..Ammo sen bungayam arzimaydigan eng jirkanch shahs ekansan.. Eeee suf senga erkak nomi.. Shu asnoda Sharifa opaga qarab so’zida davom etdi.. -Uzr singlim,bizni kechiring..!Sizga hamdardman..!Men eringizni bunchalik tuban ekanligini bilmagan edim.. O’rnidan shart turdida,o’rtoqlarining yelkasidan ushlagancha tashqariga chiqib ketdi.. Ularni ortidan esa Orif aka ham chiqib ketdi.. Sharifa opa esa,ko’zlarida yosh qotib qolgancha bir ahvolar yerda holsiz o’tirar ekan,yelkalari alamdan titrar edi.. O”sha tun Sharifa opa hech narsa demadi.. Orif aka qaytib kelib,hech narsa bo’lmagandek uyquga ketdi.. Niholaning ham ko’zi ilinibdi.. Ertalab esa… Nihola o’rnidan turib,onasing yonida yo’qligini sezdi.. Alanglab atrofga qaradi va biror joyga chiqqanmikan deb ko’zlari bilan onasini qidirdi.. Ammo hech kim yo’q edi.. O’rnidan turib narifi xona eshigini ochib dahshatdan karaxt bo’lib qoldi.. Xona o’rtasida esa uning onasi Sharifa opaning jonsiz gavdasi osilib turar edi..